Pei Shuai (1993-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining Shenzhen FC klubida oʻynaydi[1].

Pei Shuai
裴帅
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-yanvar 1993-yil (1993-01-14) (31 yosh)
Tavallud joyi Shenyang, Liaoning, XItoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shenzhen
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2010 Changchun Yatai
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2017 Changchun Yatai 136 (6)
2017—2019 Tianjin Tianhai 48 (0)
2020- Shenzhen 26 (1)
Milliy terma jamoa
2010 Xitoy U-17
2011—2012 Xitoy U-20
2017- Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-yanvar 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-yanvar 2017-yil uchun)

Pei 2007-yilda 14 yoshida Changchun Yataiga qoʻshilgan. U 2011-yilda bosh murabbiy Shen Xiangfu tomonidan Changchun Yataining birinchi jamoasiga chaqirilgan. Pei Yatai uchun debyutini 2011-yilning 11-mayida Xitoy FA kubogining ikkinchi bosqichida „Tianjin Runyulong“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan, bu uchrashuvda Yatai 4:0 hisobida gʻalaba qozongan va Pei oʻyinda Van Dongga uchinchi golga assistentlik qilgan. U Xitoy Superligasidagi debyutini 4 kundan soʻng „Jiangsu Sainty“ga qarshi oʻtkazgan. 2011-yil 18-sentabrda u „Chanchun“ safida „Guangzhou Evergrand“ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻzining birinchi golini kiritgan. U uchrashuvning 84-daqiqasida gʻalaba toʻpini kiritgan va bu bilan Guangzhouning ligadagi magʻlubiyatsiz seriyasiga chek qoʻygan.

2017-yilning 1-iyulida Pei Superliga vakili boʻlgan "Tianjin Quanjian "ga oʻtgan. U klubdagi debyutini bir kundan keyin Guangzhou Evergrandga qarshi 4:3 hisobida gʻalaba qozonib, 89-daqiqada Vang Yongponing oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. 2018-yilning 24-aprelida u klub safidagi ilk golini 2018-yilgi Xitoy FA kubogi doirasidagi „Dalian Boyoung“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan[2].

2020-yil 24-fevralda Pei Xitoy Superligasi klubi Shenzhen FCga qoʻshilgan. U Shenzhen uchun 2020-yil 26-iyulda liganing ochilish oʻyinida Guangzhou R&Fga qarshi maydonga tushib klubdagi debyutni oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2017-yilning 14-yanvarida Pei Xorvatiyaga qarshi 2017-yilgi Xitoy kubogi uchinchi oʻrin uchun pley-off oʻyinida Xitoy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Changchun Yatai 2011 Xitoy Super Ligasi 19 1 2 0 - - 21 1
2012 20 1 2 0 - - 22 1
2013 18 0 1 0 - - 19 0
2014 20 0 1 0 - - 21 0
2015 26 2 0 0 - - 26 2
2016 24 2 0 0 - - 24 2
2017 9 0 0 0 - - 9 0
Jami 136 6 6 0 0 0 0 0 142 6
Tianjin Tianhai 2017 Xitoy Super Ligasi 11 0 2 0 - - 13 0
2018 16 0 2 1 6 0 - 24 1
2019 21 0 1 0 - - 22 0
Jami 48 0 5 1 6 0 0 0 59 1
Shenzhen F.C. 2020 Xitoy Super Ligasi 16 0 0 0 - - 16 0
2021 Xitoy Super Ligasi 10 1 4 0 - - 14 1
Jami 26 1 4 0 0 0 0 0 30 1
Karyerada jami 210 7 15 1 6 0 0 0 231 8

Manbalar tahrir