Penelopa Johnson Allen (1886-yil 27-oktabr — 1985-yil 9-yanvar) — amerikalik sharhlovchi va mahalliy tarixchi. 1930-yillarda Allen Tennessee shtatidagi okrug yozuvlarini toʻplash va nusxalash, koʻplab genealogik yozuvlarni saqlab qolish uchun ishlar olib borgan. Penelopa Chattanooga Times uchun „Oila daraxti barglari“ nomli mashhur oilalar tarixi haqidagi ruknni yaratdi.

Penelope Johnson Allen
Tavalludi
Penelope Van Dyke Johnson

1886-yil 27-oktyabr
Chattanooga, Tennessee
Vafoti 1985-yil 9-yanvar (98 yosh)
Chattanooga, Tennessee
Kasbi Mahalliy tarixchi, yozuvchi, pedagog, jurnalist

Tarjimai holi tahrir

Penelopa Johnson Tennessee shtatining Chattanooga shahrida tugʻilgan. Allen James Whiteside Johnson va Sue Coffin Cleage Johnsonlarning qizi. Penelopaning otasi tuman amaldori edi. U 1904-yilda Chattanoga oʻrta maktabini tamomlagan va Ogayo shtatining Oxford shahridagi Gʻarbiy kollejda oʻqigan[1].

Faoliyati tahrir

Johnson turmushga chiqishidan oldin yosh oʻqituvchi sifatida maktabda dars bergan. Birinchi jahon urushi paytida Allen Virjiniya shtatining Penniman shahridagi DuPont oʻq-dorilar zavodida ishlagan[1]. Urushdan keyin Chattanogadagi gazetada turli xil yoʻnalishlarda (shu jumladan sport) muxbir sifatida ishlagan. 1922-yilda u Tennessee shtatining qonun chiqaruvchi organidagi boʻsh ish oʻrin uchun oʻz nomzodini qoʻyib, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi[2][3].

Allen Chattanooga Timesda sharhlovchi boʻldi. Allenning „Oila daraxti barglari“ ruknida taniqli janubiy oilalar, jumladan, Cheroki oilalari haqida batafsil maʼlumot berilgan. 1930-yillarda tuman yozuvlarini toʻplash va nusxalash boʻyicha davlat miqyosidagi loyihani boshqargan[4]. Penelopa kitoblar ham yozgan. Bulardan, "Tennessee Soldiers in the Revolution" (1935)[5], „Guide Book of Chattanooga and Vicinity“ (1935, Tennessee boʻlimi uchun tuzilgan risola)[6], „Manuscript of the History of the Cherokee Indians, Particularly the Chickamauga Group“ (1935)[7], „Tennessee soldiers in the War of 1812“ (1947)[8] va „Leaves from the Family Tree“ (1982) kabilardir[9].

Johnson Tennessee tarixiy komissiyasining aʼzosi[10], Tennessee ayollar klublari federatsiyasining shtat matbuot rahbari va Amerika inqilobi qizlar boʻlimining shtat tarixchisi[11]. U milliy darajada inqiloblarda ham faol boʻlgan[12][13]. 1970-yilda Chattanoga hududi tarixiy assotsatsiyasining yillik kechki hisobot dasturida Allenning portretini Tennessee shtati kutubxonasiga sovgʻa qilingan[14].

Shaxsiy hayoti tahrir

Penelopa Johnson Samuel Boyd Allen bilan turmush qurgan. Ularning Penelopa Allen Mur ismli qizi bor edi[15][16]. 1932-yilda Samuel Allen vafot etganida Penelopa beva qolgan. Penelopa 1985-yilda 98 yoshida Chattanogada vafot etadi. Uning Cheroki tarixi bilan bogʻliq shaxsiy toʻplami Tennessee shtati kutubxonasi va arxivida saqlanadi[17]. Allenning yana bir toʻplami, Brainerd missiyasi bilan bogʻliq boʻlgan maqolalari Chattanogadagi Tennessee universitetida arxivlangan[18].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Moore, Gay Morgan. Chattanooga's Forest Hills Cemetery (en). Arcadia Publishing, 2011 — 110 bet. ISBN 978-0-7385-8694-6. 
  2. „Mrs. Allen Endorsed“. Knoxville Sentinel (1922-yil 9-iyun), s. 10. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  3. „Mrs. Penelope Johnson Allen Indorsed by County Executive Committee“. The Chattanooga News (1922-yil 2-avgust), s. 17. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  4. Jansen, Abby, „Penelope Johnson Allen: Making History By Saving History“ (2017). Student Research. 11.
  5. Allen, Penelope Johnson. Tennessee soldiers in the Revolution; a roster of soldiers living during the Revolutionary War in the counties of Washington and Sullivan. Taken from the Revolutionary army accounts of North Carolina.. The King printing company, 1935. 
  6. Allen, Penelope Johnson. Guide book of Chattanooga and vicinity (en). Chattanooga: publisher not identified, 1935. OCLC 8665908. 
  7. Allen, Penelope Johnson. Manuscript of the History of the Cherokee Indians, Particularly the Chickamauga Group (en), 1935. 
  8. Allen, Penelope Johnson. Tennessee soldiers in the War of 1812: regiments of Col. Allcorn and Col. Allison (en). Chattanooga? Tenn.: Tennessee Society, United States Daughters of 1812, 1947. OCLC 1810286. 
  9. Allen, Penelope Johnson. Leaves from the family tree (en). Easley, S.C.: Southern Historical Press, 1982. ISBN 978-0-89308-227-7. OCLC 8824541. 
  10. „Mrs. Allen Given Award of Merit“. Chattanooga Daily Times (1955-yil 15-dekabr), s. 4. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  11. Allen, Penelope Johnson (August 1923). "Marriage Records from Nashville, Davidson County, Tennessee". Daughters of the American Revolution Magazine 57: 465. https://books.google.com/books?id=SAMLAAAAIAAJ&dq=Penelope+Johnson+Allen&pg=PA465. 
  12. „Aiding Mrs. Gillentine“. Chattanooga Daily Times (1935-yil 14-aprel), s. 20. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  13. „Mrs. Allen Receives High D. A. R. Appointment“. The Chattanooga News (1930-yil 5-iyul), s. 17. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  14. "Penelope Van Dyke Johnson Allen". Tennessee Historical Quarterly 30 (3): 329–330. 1971. ISSN 0040-3261. http://www.jstor.org/stable/42623248. 
  15. „Moore-Allen“. The Bristol Herald Courier (1932-yil 2-dekabr), s. 8. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  16. „Mrs. Allen and Daughter Receive D. A. R. Honors“. Nashville Banner (1931-yil 17-mart), s. 4. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  17. „Penelope Johnson Allen Cherokee Collection, 1775-1878“. Tennessee Secretary of State. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.
  18. „Penelope Johnson Allen Brainerd Mission, correspondence and photographs“. University of Tennessee at Chattanooga Digital Collections. Qaraldi: 2020-yil 8-avgust.