E. Peter Tufford (talaffuzi: E. Piter Tufford) — Kanadalik nafaqaga chiqqan xokkeyning markaziy himoyachisi boʻlib, Cornell jamoasida butun amerikalik (inglizcha: All-American) nomini olgan[1].

Peter Tufford
Tugʻilgan joyi 1946
St. Catharines, Ontario, Kanada
Boʻyi 5 ft 8 in (173 cm)
Ogʻirligi 161 lb (73 kg; 11 st 7 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Oʻynagan jamoalari Cornell
NHLga kirish drafti Tanlanmagan
Jamoalardagi faoliyat 1966—1970

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Tufford faqat St. Catharines Black Hawks jamoasida ikki mavsum davomida bir nechta oʻyinda maydonga asosiy tarkibda tushgan. U yosh boʻlishiga qaramay, Cornell universitetiga oʻqishga qabul qilingan. Ikkinchi kurs talabasi sifatida u universitet jamoasida debyut qilgan va 28 ta gol bilan jamoada gol urish boʻyicha yetakchilik qilgan. Tufford oʻsha mavsumda Cornellning birinchi ECAC chempionatida gʻalabasiga katta hissa qoʻshgan. U yarim finalda yagona golga assistentlik qilgan.

Tufford yoshi kichik boʻlishiga qaramay, sardori boʻlgan. Milliy xokkey turnirida Cornellning magʻlubiyatsiz oʻyinlariga Shimoliy Dakota jamoasi nuqta qoʻydi. Jamoa 1:3 hisobida Shimoliy Dakota jamoasiga magʻlub boʻldi. Tufford oʻz ochkolarini 60 taga oshirdi va mamlakat boʻyicha 6-oʻrinni egalladi. Jamoa tarkibida u butun amerikalik (inglizcha: All-American) nomini oldi. Tufford Brayan Cornell, Ken Dryden va Bruce Pattisondan keyin shunday sharafga sazovor boʻlgan toʻrtinchi oʻyinchi boʻldi[2].

Oʻqishni tugatgandan soʻng, Tufford oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqishdan oldin Syracuse Stars jamoasi bilan bir yil oʻynagan. Tufford 1978-yilda Cornell Atletik shon-shuhrat mukofoti sohiblari qatoriga kiritilgan[3].

Faoliyat statistikasi tahrir

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1963—1964 St. Catharines Black Hawks OHA 1 0 0 0 0
1964—1965 St. Catharines Black Hawks OHA 2 0 0 0 0
1966—1967 Cornell ECAC 29 28 19 47 8
1967—1968 Cornell ECAC 28 20 33 53 2
1968—1969 Cornell ECAC 29 20 40 60 2
1969—1970 Syracuse Stars Independent
NCAAdagi ochlari yigʻindisi 86 68 92 160 12

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofot Yil
ECAC xokkey birinchi jamoasi mukofoti 1967—1968 [4]
ECAC xokkey turnirining ikkinchi jamoasi mukofoti 1968 [5]
ECAC xokkey birinchi jamoasi mukofoti 1968—1969
AHCA Sharqiy Amerika mukofoti 1968—1969
NCAA Turnirining ikkinchi jamoasi mukofoti 1969 [6]

Manbalar tahrir

  1. „1968-1969 All-American Team“. The American Hockey Coaches Association. Qaraldi: 2017-yil 21-iyun.
  2. „1969: Great Expectations“. Where Angels Fear to Tread (1967-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  3. „E. Peter Tufford“. Cornell Big Red. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  4. „ECAC All-Teams“. College Hockey Historical Archives. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
  5. „All-Tournament Honors“. ECAC Hockey. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  6. „NCAA Frozen Four Records“. NCAA.org. Qaraldi: 2013-yil 19-iyun.