Peter Zauner (1983-yil 30-mayda tugʻilgan) — avstriyalik nafaqadagi badmintonchi. U ASKÖ Traun klubidan[1] boʻlib, 13 marta milliy chempionatda gʻolib chiqqan[2][3].

Peter Zauner
Fayl:At the Us Open International Badminton tounament (&, for me, the US Senior International) in Orange Countyy, Los Angeles July 9-11, 2009 - (28140905424).jpg
Zauner 2009-yilda Qo'shma Shtatlar ochiq chempionatida
Shaxsiy maʼlumoti
Mamlakat Avstriya
Tavalludi 30-may 1983-yil (1983-05-30) (40 yosh)
Ried im Innkreis, Innviertel, Yuqori Avstriya, Avstriya
Yashash joyi Diersbach, Innviertel, Yuqori Avstriya, Avstriya
Boʻyi 1.67 m
Vazni 66 kg
Juftliklar
Eng yuqori reyting 22 (MD Jürgen Koch bilan)

Zauner 2001-yilda oʻsmirlar oʻrtasida mamlakat chempioni boʻldi. U 2003-yildan 2005-yilgacha yana beshta oʻsmirlar turnirlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2005-yilda u birinchi marta kattalar toifasidagi gʻalabasiga sazovor boʻldi va Vengriya xalqaro hamda Slovakiya xalqaro musobaqalarida gʻolib chiqdi. 2006-yilda Avstriya xalqaro, 2009-yilda Sloveniya va 2010-yilda Ruminiya xalqaro musobaqalarida gʻolib chiqdi. 2009-yil iyul oyida Peter Zauner Badminton boʻyicha AQSh Grand Prisida ishtirok etdi va Jurgen Koch bilan erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ikkinchi oʻrinni egalladi. Zauner xalqaro faoliyatini 2014-yilda yakunlagan. 2018-yildan buyon Yuqori Avstriya badminton assotsiatsiyasining sport koordinatori boʻlib ishlaydi. Bundan tashqari, u Avstriyaning Steyr shahrida marketing tadqiqotlari boʻyicha ham tahsil oldi. U va uning sherigi Jurgen Koch qariyb 25 yil davomida Avstriya badmintonida ustunlikni qoʻldan boy bermadi. Ular Avstriyaning eng kuchli hamkor juftliklaridan biri boʻlib, muvaffaqiyatlarining eng yuqori choʻqqilarida jahon reytingida 22-oʻrinni egalladilar. Zauner Avstriya milliy chempionatlarida oʻn uch marta, yakkalik bahslarida ikki marta, erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oʻn bir marta (Harald Koch va Jurgen Koch bilan) gʻolib chiqdi[4].

Yutuqlari tahrir

BWF Grand Prisi tahrir

BWF Grand Prisi Grand Pri va Grand Pri Oltin kabi ikki darajaga ega. Bu 2007-yildan beri Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 hamda 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi.

Erkaklar juftliklari

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2009 Qoʻshma Shtatlar ochiq turniri   Jurgen Koch   Govard Bax
  Toni Gunavan
12–21, 9–21   Ikkinchi oʻrin

BWF/IBF xalqaro turnirlari tahrir

Erkaklar juftliklari

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2011 Belgiya xalqaro turniri   Jurgen Koch   Adam Kvalina
  Mixal Logosz
11–21, 15–21   Ikkinchi oʻrin
2011 Maldiv orollari xalqaro turniri   Jurgen Koch   Eshton Chen Yong Chjao
  Derek Vong
19–21, 17–21   Ikkinchi oʻrin
2011 Sloveniya xalqaro turniri   Jurgen Koch   Lukas Moren
  Voytsex Shkudlarchik
13–21, 14–21   Ikkinchi oʻrin
2010 Banuinvest xalqaro turniri   Jurgen Koch   Chayut Triyachart
  Danny Bawa Chrisnanta
21–16, 21–15   Gʻolib
2009 Sloveniya xalqaro turniri   Jurgen Koch   Daniel Grasmuk
  Roman Zirnvald
21–18, 21–14   Gʻolib
2008 Sloveniya xalqaro turniri   Michael Lahnshtayner   Ondjej Kopřiva

  Tomash Kopřiva

21–17, 21–12   Gʻolib
2008 Uels xalqaro turniri   Jurgen Koch   Endryu Bowman
  Martin Lyuis
21–14, 15–21, 13–21   Ikkinchi oʻrin
2006 Avstriya xalqaro turniri   Jurgen Koch   Ingo Kindervater
  Tim Dettmann
21–18, 21–13   Gʻolib
2005 Islandiya xalqaro turniri   Jurgen Koch   Anders Kristiansen
  Saymon Mollyhus
13–15, 6–15   Ikkinchi oʻrin
2005 Vengriya xalqaro turniri   Jurgen Koch   Mixail Popov
  Svetoslav Stoyanov
15–5, 15–9   Gʻolib
2005 Slovakiya xalqaro turniri   Jurgen Koch   Lukas Moren
  Wojciech Szkudlarczyk
15–10, 15–3   Gʻolib
2004 Xorvatiya xalqaro turniri   Harald Koch   Daniel Glaser
  Dennis von Dahn
5–15, 10–15   Ikkinchi oʻrin

Aralash juftliklar

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2009 Sloveniya xalqaro turniri   Simone Prutsch   Martin Krag
  Luiza Xansen
21–23, 21–17, 21–17   Gʻolib
     BWF xalqaro musobaqasi turnirlari
     BWF/IBF xalqaro seriyasi turnirlari

Manbalar tahrir

  1. „Peter Zauner“ (olmoncha). ASKÖ Traun Badminton Club. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  2. „Profile : Peter ZAUNER“. bwfbadminton.com. BWF. Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  3. „Zauner Peter“ (olmoncha). Badminton Österreich. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  4. von Streif. „Peter Zauner: Olympia 2016 noch im Hinterkopf“ (olmoncha). nachrichten.at (22-fevral 2014-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.