Phu Quoc xalqaro aeroporti (vyetcha: Sân bay quốc tế Phú Quốc yoki Cảng hàng không quốc tế Phú Quốc) (IATA: PQCICAO: VVPQ) – Vyetnam janubidagi Phu Quoc shahrida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport shahardan tashqaridagi Duong To hududida qariyb 900 gektar maydonni egallaydi. U taxminan 16,2 trillion dong ($810 mln) qiymatida qurilgan va bosqichma-bosqich qurilishi rejalashtirilgan. Aeroport oldingi Phu Quoc aeroportidan 10 km uzoqlikda joylashgan va uning oʻrnini egallagan. Aeroport dastlab yiliga 2,5 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga imkoniyatiga ega edi, maksimal sigʻimi esa yiliga 7 million yoʻlovchini tashkil qiladi. Aeroportda Airbus A350 va Boeing 747 kabi samolyotlarni qabul qilishga qodir boʻlgan yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud[2]. Qurilish 2012-yilning noyabr oyida yakunlandi va 2012-yil 2-dekabrda foydalanishga topshirildi[3][4]. Vetnam hukumati aeroport orol plyajlarida dam oluvchi xalqaro sayyohlarning kelishini osonlashtirishini kutmoqda.

Phu Quoc xalqaro aeroporti
Sân bay quốc tế Phú Quốc
Cảng hàng không quốc tế Phú Quốc
IATA kodi: PQCICAO kodi: VVPQ
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi/Operator Vyetnam aeroportlari korporatsiyasi
Joylashuvi Duong To, Phu Quoc
Ochilgan 2-dekabr, 2012-yil (
11 yil avval
)
 (2012-12-02)
Dengiz sathidan balandligi 37 ft / 11 m
Koordinatalari 10°10′18″N 103°59′28″E / 10.17167°N 103.99111°E / 10.17167; 103.99111 G OKoordinatalari: 10°10′18″N 103°59′28″E / 10.17167°N 103.99111°E / 10.17167; 103.99111 G O
Vebsayti http://phuquocairport.vn/
Xarita
PQC /VVPQ (Vyetnam)
PQC /VVPQ
Aeroportning Vyetnam xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
10/28 9,843 3,000 Asfalt
Maʻlumotlar (2019)
Yoʻlovchilar soni 3,700,205 (14,1%)
Manba: Taseco Airs[1]

Tarixi tahrir

Vyetnam aeroportlari korporatsiyasi 2008-yil 23-noyabrda 3000 milliard VND sarmoya evaziga aeroport qurilishini boshladi. U CPG-PAE Singapur-AQSh dizayn konsalting kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Toʻrt yillik ishdan soʻng aeroportda 2012-yil 15-dekabrda ilk parvoz amalga oshirdi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar tahrir

Aviakompaniya Manzillar
AirAsia Kuala Lumpur–Xalqaro
Asiana Airlines Seul–Inchxon
Azur Air,   Rossiya Mavsumiy charter: Krasnoyarsk, Moskva–Vnukovo, Yekaterinburg (hammasi toʻxtatilgan)
Bamboo Airways,   Vyetnam  Danang[5],  Kantho,  Thanhoa[6],  Xanoy,  Xoshimin
Bangkok Airways,   Tailand Bangkok–Suvarnabhumi
Jeju Air,   Koreya Respublikasi Seul–Inchxon (2023-yil 29-oktyabrdan qayta tiklanadi)
Korean Air Mavsumiy: Seul–Inchxon
LOT Polish Airlines Charter: Varshava–Shopen
Lucky Air,   Xitoy  Kunmin
Okay Airways,   Xitoy  Nannin
Pacific Airlines,   Vyetnam  Xoshimin
Mavsumiy:  Danang[7]
Mavsumiy charter:  Venchjou,  Kunmin
SCAT Airlines Mavsumiy: Olmaota[8]
Thai VietJet Air Bangkok–Suvarnabhumi
Oʻzbekiston havo yoʻllari Mavsumiy: Toshkent[9]
VietJet Air  Danang,  Hong Kong, Seul–Inchxon,  Vin[10],  Xanoy,  Xayfon,  Xoshimin
Mavsumiy: Dehli, Mumbay
Mavsumiy charter:  Chen–Shuangliu,  Ninbo, Xanchjou
Vietnam Airlines  Xanoy,  Xoshimin
Charter:  Kunmin, Seul–Inchxon,  Usi
Vietravel Airlines Charter:  Xanoy,  Xoshimin
World2Fly,   Ispaniya Mavsumiy charter:  Bratislava,  Praga (ikkalasi ham 2023-yil 27-oktyabrdan boshlanadi)

Manbalar tahrir

  1. „TASECO AIRS 2019 BÁO CÁO THƯỜNG NIÊN“ (vi). Taseco Airs. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  2. „Latest news - Discover Phu Quoc - island paradise in the Gulf of Thailand, secluded and beautiful beaches, resorts and hotels on Phu Quoc island, Vietnam...“. discoverphuquoc.com. 2023-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  3. „Phu Quoc International Airport to open December 2“. Tuổi Trẻ (2012-yil 1-dekabr). 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-dekabr.
  4. „Vietnam Airlines capitalises on new Phu Quoc airport“. Voice of Vietnam (2012-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
  5. „Bamboo Airways liên tiếp mở thêm 3 đường bay kết nối Đà Nẵng với giá vé từ 49.000 đồng“ (vi). Bamboo Airways (2020-yil 20-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.
  6. „Bamboo Airways mở đường bay Thanh Hóa - Phú Quốc và Thanh Hóa - Quy Nhơn từ ngày 1/7“ (vi). Vietnambiz (2020-yil 12-iyun). Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  7. „Jetstar Pacific expands domestic routes from Da Nang in S19“. Routesonline.
  8. „The first international flight landed in Phu Quoc after 5 days Vietnam opened for tourism“. Vnexpress (2022-yil 20-mart). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  9. „Phu Quoc welcomes 210 Uzbek tourists with vaccine passports“. Vnexpress. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  10. Liu, Jim „VietJet Air schedules new domestic routes from mid-June 2020“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.

Havolalar tahrir