Pipe Dreams
„Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asiaʼs Aral Sea Basin“ (tarjimasi „Xom xayollar: Markaziy Osiyoning Orol dengizi havzasida suv va imperiya“) — amerikalik tarixchi Maya K. Peterson qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2019-yil Kembridj universiteti nashriyotida chop etilgan. 2021-yil ayni nashriyotda yumshoq muqovada bosilib chiqqan. Kitobda Markaziy Osiyoda Rossiya imperiyasi hamda Sovet Ittifoqi davrida amalga oshirilgan va taklif qilingan yirik suv loyihalari haqida soʻz boradi.
Muallif(lar) | Maya K. Peterson |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i |
tarix antropologiya |
Nashr etilgan sanasi | 2019 |
Nashriyot | Kembridj universiteti nashriyoti |
Sahifalar soni | 399 |
ISBN |
ISBN 978-1-108-47547-1 (qattiq muqova) ISBN 978-1-108-46854-1 (yumshoq muqova) |
Kitob Peterson Garvard universitetida yozgan PhD dissertatsiyasiga tayanadi[1]. Kitob muallifning Rossiya, AQSh hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi arxivlarda olib borgan tadqiqotlari mahsulidir. „Pipe Dreams“ Peterson 2021-yil kutilmaganda vafot etishidan oldin yozgan yagona kitobidir.
„Pipe Dreams“ taqrizchilar tomonidan yuqori baholandi. Xususan, Petersonning bir necha mamlakatda joylashgan arxivlarda izlanish olib borib, mukammal asar yozgani olqishlandi[2]. Indiana universiteti professori Marianne Kamp asarni „hayratlanarli darajada tez surʼatli, koʻp qirrali hamda xush koʻrib oʻqishga loyiq“ deya tasvirladi[3]. Merilend universiteti professori Sarah Cameron esa „Umuman olganda, kitob Rossiya va Sovet Ittifoqining atrof-muhit tarixiga yirik qoʻshimcha“ boʻlganini xulosa qildi[4].
Manbalar tahrir
- ↑ Craig Nation, R. (26–noyabr 2021–yil). „Rekindling the Strong State in Russia and China. Domestic Dynamics and Foreign Policy Projections: Stefano Bianchini & Antonio Fiori (eds), Leiden & Boston, MA: Brill, 2020, xxvi + 489pp., €164.00/497.00 h/b“. Europe-Asia Studies (inglizcha). 73-jild, № 10. 1979–1981-bet. doi:10.1080/09668136.2021.1977039.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Bonier, Catherine (1–iyul 2020–yil). „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin. By Maya K. Peterson. Cambridge: Cambridge University Press, 2019. xxii + 399 pp. Illustrations, maps, notes, glossary, bibliography, and index. Cloth 520.00, e-book $96.00“. Environmental History (inglizcha). 25-jild, № 3. 558–559-bet. doi:10.1093/envhis/emaa008.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Kamp, Marianne (oktabr 2022–yil). „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin by Maya K. Peterson“. Technology and Culture (inglizcha). 63-jild, № 4. 1185–1186-bet. doi:10.1353/tech.2022.0164.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Cameron, Sarah (2–yanvar 2021–yil). „Pipe dreams: Water and empire in Central Asia's Aral Sea basin: by Maya K. Peterson, New York, Cambridge University Press, 2019, xxii + 400 pp., US$90.00, ISBN 988-1-1084-7547-1“. Central Asian Survey (inglizcha). 40-jild, № 1. 136–138-bet. doi:10.1080/02634937.2020.1852692.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()