Polvon ota ziyoratgohi – Samarqand viloyati Ishtixon tumani Mitan qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan qadamjo. Yodgorlik tarkibida jome masjidi ham bor. Eski masjidning qaysi vaqtda qurilganligi maʼlum emas. Hozirgi yangi masjid binosi 1989—yildan 1990-yilgacha qishloq aholisi birgalikda hashar yoʻli bilan bunyod etgan. Polvon ota jome masjidining imom-xatibi Alijon Yoqubov[1].

Polvon ota ziyoratgohi
Joylashuv Samarqand
Turi Ziyoratgoh
Material Pishiq g'isht
Meʼmoriy uslubi Markaziy Osiyo me'morchiligi
Qurilish tamomlangan 2002-yil
Xarita
Koordinatalari 40.01370607654191°0′0″N 66.54982598528262°0′0″E / 40.01371°N 66.54983°E / 40.01371; 66.54983 G OKoordinatalari: 40.01370607654191°0′0″N 66.54982598528262°0′0″E / 40.01371°N 66.54983°E / 40.01371; 66.54983 G O

Masjidning shimoliy tomonida „Polvon Ota“ (asli ismi Ahmad Zamjiy) maqbarasi mavjud. Maqbara qadimda bunyod etilgan. Avvalgi holatiga koʻra kichik va pastqam ikkita imoratdan iborat boʻlgan. Bu binolarning biri chillaxona, biri maqbaradan tashkil topgan. Chillaxona ham keyinchalik buzib tashlanib, 2001—2002-yillarda buzib tashlangan va pishiq gʻishtdan yorugʻ va koʻrkam qilib qaytadan bunyod etilgan[2]. „Polvon Ota“ (Ahmad Zamjiy)ning qayerda tugʻilib, vafot etgani va kim boʻlgani maʼlum emas. Mazkur maqbara mahalliy aholi tomonidan eʼzozlanib, ziyoratgoh sifatida qaraladi. Masjidning oʻzida „Polvoni Ahmad Zamjiy daftari soniy“ nomli eski oʻzbek yozuvidagi kitob saqlangan boʻlib, unda asosan urush voqealari bayon etilgan. Ahmad Zamjiy Hazrat Alining oʻgʻli Muhammad Hanafiyning nabirasi boʻlgan taxminlar bor. Qutayba ibn Muslim bilan zamondosh boʻlib, janglarda birga kurashgani aytiladi. Ahmad Zamjiyning qabri Mitan qishlogʻidan tashqari Xivada ham mavjudligi, uni Ahmad Abdol deb atalishi rivoyat qilinadi. Vafotidan soʻng jasadi turli shahar hukmdorlari tomonidan talash boʻlganligi uchun vasiyatiga koʻra yetti dona tobut yasattirilib yetti tarafga olib borilgan. Manzilga yetib borib tobut ochilganda ularning hammasida jasad borligi maʼlum boʻlgan. Bu voqealar xalq tomonidan aytilgan boʻlib, aniq, ilmiy dalillarga asoslanmagan[3].

Manbalar tahrir