[[Fayl:|140px| ]]

UEFA Chempionlar Ligasi Finali 2007 2007-yil 23-may kuni Gretsiyaning Afina shahridagi Olimpiya stadionida gʻolibini aniqlash uchun oʻtkazilgan o'yin edi. Angliyaning Liverpul klubi Italiyaning A.C. Milan, ikki klub 2005-yilgi final oʻyinida ham bahslashgan va yakunda Liverpul klubi gʻalaba qozongan. Shu munosabat bilan 2007-yilgi finalda „Milan“ raqibni 2–1 hisobida magʻlub etib, revansh olgan. O'yin yakunida Milan jamoasi yettinchi bor CHempionlar ligasi kubogi sohibi bo'lgan. Filippo Inzagi Italiya klubi tarkibida urgan ikkita goli uchun uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

“Milan” yettinchi marta turnir gʻolibi bo‘ldi va kubokni UEFA prezidenti Michel Platini mahsus mehmonlar joyidan g'olib jamoa sardori Paolo Maldiniga topshirgan.

Oʻyin oldidan 5000 ga yaqin odam chiptasiz yoki soxta maʼlumotlar bilan stadionga kirishi sababli chiptalar bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelgan. Bu koʻpchilikning haqiqiy chipta egalarini tashqarida qolishiga sabab boʻlgan va buning natijasida norozi muxlislar politsiya bilan toʻqnashuvlarga olib kelgan. Oʻyindan soʻng UEFA vakili Liverpulni "Yevropadagi eng yomon muxlislarga ega"likda aybladi, keyinchalik Platini buni rad etdi. (Toʻliq maqola…)