Portugaliya ayollar milliy chempionati

Portugaliya ayollar milliy chempionati (portugalcha: Campeonato Nacional Feminino, homiylik sabablarga koʻra Liga BPI nomi bilan ham tanilgan) Portugaliyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining yuqori toifali ligasi. Portugaliya ayollar milliy chempionati Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va 1993-yilda tashkil etilgan. Portugaliya ayollar milliy chempionatining dastlabki mavsumida oʻnta jamoa qatnashdi.

Davlat Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 1993 (31 yil avval) (1993)
Jamoalar soni 12
Pastki liga Campeonato Nacional II Divisão
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionalar Ligasi
Amaldagi chempion Benfica (2-marta)}}
Eng koʻp marta chempion S.U. 1º de Dezembro](12 marta)
Veb-sayt fpf.pt
Amaldagi oʻyin 2022-2023-yilgi mavsum Campeonato Nacional

Portugaliya ayollar milliy chempionatining amaldagi chempioni „Benfica“ boʻlib, jamoa 2022-yilda ketma-ket ikkinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. Eng muvaffaqiyatli jamoa esa SU 1º de Dezembrojamoasi boʻlib, jamoa Portugaliya ayollar milliy chempionatida 12 marta chempion boʻlgan.

Tarixi tahrir

Portugaliyadagi birinchi ayollar futboli milliy chempionatlaridan biri Taça Nacional nomi ostida 1985-yilda boshlangan. Unga ishtirok etish istagida boʻlgan barcha klublar kiritilgan. „Boavista“ jamoasi ushbu musobaqada yaqqol ustunlik qilgan va sakkiz marta gʻalaba qozongan. Musobaqa 1993-1994-yilgi mavsum uchun Campeonato Nacional (Portugaliya ayollar milliy chempionati) deb oʻzgartirildi. 1998-99 yilgi mavsumda musobaqaga koʻproq oʻyinlar qoʻshildi, chunki chempionat bosqichiga chiqmagan klublar yana ular oʻrtasida oʻynashadi. 2001 yilda UYEFA ayollar kubogi tashkil etildi, unda oldingi mavsumda ushbu musobaqa g‘oliblari o‘ynash huquqiga ega edi. Portugaliya kubogi 2003-04 yilgi mavsumda barcha klublar ishtirok etgan holda boshlandi.

2005-yilda Campeonato Nacional II Divisao (quyi liga) tashkil etildi.

Musobaqa formati tahrir

Musobaqa tahrir

2016-2017-yil holatiga koʻra, Portugaliya ayollar milliy chempionatida 12 ta klub bor. Mavsum davomida (sentyabrdan maygacha) har bir klub qolganlari bilan ikki marta (ikkita davrali tizim), bir marta oʻz stadionida va bir marta raqib stadionida, jami 22 oʻyin oʻynaydi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko va durang uchun bir ochko oladi. Magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar reytingi jami ochkolar, soʻngra toʻplar farqi boʻyicha tartiblanadi. Agar hali ham jamoalar ochkolari teng boʻlsa, neytral maydondagi pley-off oʻyini chempionni aniqlab beradi. Eng past oʻrinni egallagan ikkita jamoa Campeonato Nacional II Divisao (Portugaliya 2-chempionati (quyi liga))ga tushib ketadi va Campeonato Nacional de Promosaoning eng yaxshi ikki jamoasi Portugaliya ayollar milliy chempionatiga koʻtariladi.

Yevropa musobaqalariga saralash tahrir

Portugaliya ayollar milliy chempionati gʻolibi UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasi saralash bosqichiga yoʻl oladi.

Klublar tahrir

2021-2022-yilgi mavsum jamoalari:

Jamoa Joylashgan shahar Uy satdioni
A-dos-Francos Caldas da Rainha Campo Municipal Quinta Boneca
Atlético Ouriense Ourém Campo da Caridade
Benfica Alcântara Estádio da Tapadinha
Braga Braga Estádio 1º de Maio
Cadima Cantanhede Complexo Desportivo de Cantanhede
Clube de Albergaria Albergaria-a-Velha Estádio Municipal António Augusto Martins Pereira
Estoril Estoril Centro de Treino e Formação Desportiva
Futebol Benfica Lisbon Estádio Francisco Lázaro
Marítimo Funchal Campo Complexo Desportivo C.F. Andorinha
Ovarense Ovar Estádio Marques Silva
Sporting CP Alcochete CGD Stadium Aurélio Pereira
Lisbon Estádio José Alvalade
Valadares Gaia Vila Nova de Gaia Complexo Desportivo Valadares

Chempion jamoalar roʻyxati tahrir

Quyidagi jamoalar Portugaliya ayollar milliy chempionatida gʻolib chiqqan:[1]

Tasa Nacional tahrir

Mavsum Chempion jamoa Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1985-1986 Boavista Académico de Alvalade União de Coimbra
1986-1987 Boavista (2)
1987-1988 Boavista (3)
1988-1989 Boavista (4) Costa do Estoril União de Coimbra
1989-1990 Boavista (5) Costa do Estoril União de Coimbra
1990-1991 Boavista (6) Costa do Estoril União Ferreirense
1991-1992 Boavista (7) União Ferreirense Sporting CP
1992-1993 Boavista (8) 9 Abril Trajouce Sporting CP

Campeonato Nacional (Portugaliya ayollar milliy chempionati) tahrir

Mavsum Chempion jamoa Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1993-1994 Boavista (9) 9 Abril Trajouce Lobão
1994-1995 Boavista (10) Lobão 1º de Dezembro
1995-1996 Lobão 1º de Dezembro Boavista
1996-1997 Boavista (11) 1º de Dezembro Lobão
1997-1998 Gatões Boavista 1º de Dezembro
1998-1999 Gatões (2) Boavista 1º de Dezembro
1999-2000 1º de Dezembro Gatões Boavista
2000-2001 Gatões (3) 1º de Dezembro Boavista
2001-2002 1º de Dezembro (2) Gatões Futebol Benfica
2002-2003 1º de Dezembro (3) Futebol Benfica Boavista
2003-2004 1º de Dezembro (4) Várzea Futebol Benfica
2004-2005 1º de Dezembro (5) Várzea Marítimo Murtoense
2005-2006 1º de Dezembro (6) Marítimo Murtoense Várzea
2006-2007 1º de Dezembro (7) Boavista Várzea
2007-2008 1º de Dezembro (8) Boavista Várzea
2008-2009 1º de Dezembro (9) Boavista Beira-Mar Almada
2009-2010 1º de Dezembro (10) Escola Clube de Albergaria
2010-2011 1º de Dezembro (11) Cadima Escola
2011-2012 1º de Dezembro (12) Boavista Clube de Albergaria
2012-2013 Atlético Ouriense Clube de Albergaria 1º de Dezembro
2013-2014 Atlético Ouriense (2) A-dos-Francos Futebol Benfica
2014-2015 Futebol Benfica Valadares Gaia Atlético Ouriense
2015-2016 Futebol Benfica (2) Clube de Albergaria Valadares Gaia
2016-2017[2] Sporting CP Braga Futebol Benfica
2017-2018[3] Sporting CP (2) Braga Estoril
2018-209[4] Braga Sporting CP Futebol Benfica
2019-2020[5] Covid-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan
2020-2021 Benfica Sporting CP Braga
2021-2022 Benfica (2) Sporting CP Braga

Chempion jamoalar reytingi tahrir

Reyting Klub Chempionlik Ikkinchi o`rin Chempion bo`lgan mavsumlar Ikkinchi o`rinni olgan mavsumlar
1 1º de Dezembro 012 03 1999-2000, 2001-02, 2002-03, 2003-04, 2004-05, 2005-06, 2006-07, 2007-08, 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2011-12 1995-96, 1996-97, 2000-01
2 Boavista 011 06 1985-86, 1986-87, 1987-88, 1988-89, 1989-90, 1990-91, 1991-92, 1992-93, 1993-94, 1994-95, 1996-97 1997-98, 1998-99, 2006-07, 2007-08, 2008-09, 2011-12
3 Gatões 03 02 1997-98, 1998-99, 2000-01 1999-2000, 2001-02
4 Sporting CP 02 03 2016-17, 2017-18 2018-19, 2020-21, 2021-22
5 Futebol Benfica 02 01 2014-15, 2015-16 2002-03
6 Atlético Ouriense 02 00 2012-13, 2013-14
7 Benfica 02 00 2020-21, 2021-22
8 Braga 01 02 2018-19 2016-17, 2017-18
9 Lobão 01 01 1995-96 1994-95
10 Costa do Estoril 00 03 1988-89, 1989-90, 1990-91
11 9 Abril Trajouce 00 02 1992-93, 1993-94
12 Várzea 00 02 2003-04, 2004-05
13 Clube de Albergaria 00 02 2012-13, 2015-16
14 Académico de Alvalade 00 01 1985-86
15 União Ferreirense 00 01 1991-92
16 Marítimo Murtoense 00 01 2005-06
17 Escola 00 01 2009-10
18 Cadima 00 01 2010-11
19 A-dos-Francos 00 01 2013-14
20 Valadares Gaia 00 01 2014-15

Manbalar tahrir

  1. „Portugal – List of Women Champions and Cup Winners“. RSSSF. Qaraldi: 2011-yil 14-oktyabr.
  2. „Bajnok az MTK Hungária FC! (GALÉRIA)“ (hu). mtk.hu (2017-yil 15-may). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  3. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  4. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  5. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.

Havolalar tahrir