Provat Lakra (1997-yil 12-avgustda tugʻilgan) – hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining "North- East United " klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. U asosan chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, lekin Lakra oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladi.

Provat Lakra
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 12-avgust 1997-yil (1997-08-12) (26 yosh)
Tavallud joyi Kalyani Bengaliya,
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
NorthEast United FC
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
United SC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016–2018 Pathachakra 6 (0)
2017–2018Gokulam Kerala (loan) 15 (0)
2018– NorthEast United 36 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-fevral uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Mohun Bagan tahrir

Lakra 2015-yilning 28-mart kuni Kolkata derbisida Sharqiy Bengaliyaga qarshi oʻyini uchun oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Joriy mavsumdagi ajoyib oʻyinlari natijasida Provat Lakra I-Liga 2015ning eng yaxshi darvozaboni deb tanlandi.[1] 2015/16 I-liga mavsumida Lakra 1-raqamli darvozabon sifatida tan olindi va shuningdek, Tampines Rovers FC va Shandong Luneng Taishanga qarshi OChL saralash bosqichida oʻynadi. U, shuningdek, 2015-16-yilgi mavsumda FPAI muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlangan.

Bengaluru FC tahrir

2015-yilning yozida Lakra I-liganing amaldagi chempioni Bengaluru FC ga qoʻshildi.[2] 2015-yilning 17-yanvarida Mavia Bangalor futbol stadionida Dempoga qarshi Bengaluru FC jamoasi tarkibida debyut oʻtkazdi va bu oʻyinda Provat Lakra oʻzining birinchi darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bengaluru bilan debyut mavsumida Provat Lakra 20 ta oʻyinda maydonga tushdi va ularga I-ligada gʻolib chiqishga yordam berdi. 2015-yilning 4-fevralida Mavia Osiyo Chempionlar Ligasidagi debyutini Malayziyaning Larkin Stadium stadionida Johor Darul Taʼzimga qarshi oʻtkazdi.[3] U mavsum oxirida Bengaluru bilan ikki yillik shartnoma imzoladi, bu shartnoma uni 2016-17 I-liga mavsumi oxirigacha klubda qoldiradi[4].

NorthEast United tahrir

2018-yilning 10-may kuni Hindiston Superligasining NorthEast United jamoasi Provat Lakra bilan 3 yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.[5]

2021−22-yilgi mavsumda Provat Lakra North East United bilan shartnomasini uzaytiradi[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil 22-fevral holati[7]
Klub Mavsum Liga Federatsiya kubogi AFC Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Gokulam Kerala 2017–2018 I-liga 15 0 2 0 - 17 0
NorthEast United 2018–2019 Hindiston Superligasi 6 0 0 0 - 6 0
2019–2020 3 0 0 0 - 3 0
2020–2021 11 0 - - 11 0
2021–2022 16 0 - - 16 0
2022–2023 0 0 0 0 - 0 0
Karyera jami 51 0 2 0 0 0 53 0

Manbalar tahrir

  1. „Mohun Bagan 1-0 East Bengal: Debjit heroics lead Mariners to derby glory“ (2015-yil 28-mart). 2015-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-mart.
  2. „BENGALURU FC UP AGAINST MOHAMMEDAN SPORTING IN DURAND CUP OPENER“ (2014-yil 29-oktyabr).
  3. „All Competitions | AFC“. the-AFC.
  4. „Lyngdoh, Walker pen new Bengaluru FC deals“. Bengaluru FC (2015-yil 4-iyun). 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Parasar. „ISL: NorthEast United FC sign Provat Lakra & Girik Khosla“ (en). Goal.com. Qaraldi: 2018-yil 24-iyun.
  6. „Lakra extends his contract with NEUFC for the upcoming season“. instagram (NorthEast United FC) (2021-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  7. Provat Lakra Soccerway saytida