Puli Duxtar koʻprigi Eronning Luriston ustonida joylashgan boʻlib, ushbu ko‘prik Eron hududiga islom dini kirib kelishidan avval qurilgan inshoot bo‘lib, alohida ahamiyatga ega. Luriston viloyatida ikkita „Puli Duxtar“ yoki „Kurud Duxtar“ nomli ko‘prik bo‘lib, biri Kuhdasht shahrining Tarhon tumanida, ikkinchisi Puli Duxtar shahridagi Joydar tumanida joylashgan. Taxminlarga ko‘ra, ko‘prik binosi Sosoniylar davriga mansub.

Ko‘prik sharqdan g‘arbga qaragan bo‘lib, uning uzunligi 270 m.ni tashkil etadi. Uning poydevori toshdan qurilgan bo‘lib, daryo tubida turadi. Ko‘prikda bir dona arka bo‘lib, Xurramobod-Andimashk yo‘li uning tagidan o‘tadi. Arkaning balandligi asfalt yo‘ldan 18 m. va suv sathidan 30 m.ni tashkil etadi. Aksariyat tarixchilar ko‘prikning nomini Puli Duxtar, yaʼni Qiz ko‘prikni Anahita maʼbudasiga nisbat beradilar[1].

Manbalar tahrir

  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 239 bet. ISBN 978-600-9675-31-3.