Qirol George oroli (Angentin ispancha: Isla 25 de Mayo, Chili ispancha: Isla Rey Jorge, ruscha: Ватерлоо) — Janubiy Shetlend orollarining eng yirigi bo'lib, Janubiy okeanda Antarktida qirg'og'idan 120 kilometr masofada joylashgan. Orol Britaniya imperiyasi qiroli George III nomiga qo'yilgan.

Qirol George oroli
Geografiya
Maydoni 1,150 km2
Dengiz sathidan balandligi 705 m.
Eng baland nuqtasi Rose Peak
Ma'muriyat
Davlat Antarktida bo'yicha Shartnoma tizimi ostida boshqariladi
Mintaqa Antarktida bo'yicha Shartnoma mintaqasi
Demografiya
Aholisi tahminan 500
Qo'shimcha ma'lumot

Geografiyasi tahrir

 
Admirallik ko'rfazi

Qirol George orolida uchta asosiy ko'rfaz mavjud bo'lib, ular Maxwell ko'rfazi, Admirallik ko'rfazi va Qirol George ko'rfazidir. Admirallik ko'rfazida uchta fyord mavjud va bu ko'rfaz Antarktida shartnomasining Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha protokoli bo'yicha Antarktida maxsus boshqariluvchi hududlaridan biri sifatida himoya qilinadi.[1]

Tarixi tahrir

Orol dastlab Britaniya tomonidan 1819-yil 16-oktyabrda rasman da'vo qilingan, 1908-yilda Britaniya tomonidan Falkland orollari hududlari bilan birgalikda anneksiya qilingan[2][3][4] va bugungi kunda orol alohida maqomdagi Britan Antarktida hududlaridan biri hisoblanadi. 1940-yilda orol Chili tomonidan Chili Antarktida hududlarining bir qismi sifatida da'vo qilingan. Orol shuningdek Argentina tomonidan ham Argentina Antarktida hududlarining bir qismi sifatida da'vo qilingan va bugungi kunda orol Argentinaliklar tomonidan Milliy bayram kuni (25-may) sharafiga Isla Veinticinco de Mayo deb ataladi. Qo'shma Shtatlar va Rossiya hech bir davlatning Antarktidaga bo'lgan da'vosini tan olmaydi va o'zlarining Antarktidaga nisbatan da'vo qilish huquqlarini rasman saqlab kelishmoqda.

Orol 1819-yilda britan sayohatchisi Wiliam Smith tomonidan kashf etilgan va o'sha davrdagi Britaniya qiroli George III sharafiga Qirol George oroli deb nomlangan.[5] Orol uzunligi 95 km, kengligi 25 km va maydoni 1,150 kvadrat kilometrdir. Orol yuzasining 90 % dan ortig'i abadiy muzlik bilan qoplangan.[5] 1821-yilda, Lord Melville kemasining 11 dengizchisi birinchilardan bo'lib orolda qishlab qolishga muvaffaq bo'lishgan va ular ayni paytda birinchi bora Antarktidada qishlashga muvaffaq bo'lgan insonlar hisoblanadi.[6]

Oroldagi hayot tahrir

Orolning qirg'oq hududlarida nisbatan turfa xil o'simliklar va hayvonlar istiqomat qiladi va ular qatoriga dengiz fili, Ueddel tyuleni va dengiz qoploni kabi sut emizuvchilarni, Adeli pingvini, Antarktida va gentu pingvinlarini misol keltirish mumkin. Boshqa bir necha turdagi dengiz qushlari, masalan skualar va janubiy gigant bo'ronqushlar yoz oylarida orolda polapon ochishadi.

Inson faoliyati tahrir

 
Bellingshausen stansiyasi atrofidagi qirg'oq bo'yida chiqindi uyumlari

Chililik olimlar Admirallik ko'rfazida olib borilgan qazishma ishlariga tayanib oldin ham orolga amerikalik hindular tashrif buyurushganini da'vo qilishgan,[7] biroq ashyoviy dalillar - ikki o'q uchlari - keyinchalik manzilga joylab qo'yilgani aniqlangan.[8][9]

Qirol George orolidagi inson faoliyati AQSH, Argentina, Braziliya, Chili, Janubiy Koreya, Peru, Polsha, Rossiya, Urugvay va Xitoy davlatlariga tegishli ilmiy-tadqiqot stansiyalarining faoliyati bilan cheklanadi. Bu stansiyalarning ko'pchiligida muntazam tadqiqotchilar faoliyat olib boradi va ularda biologiya, ekologiya, geologiya va paleontologiya kabi sohalarda tadqiqot olib boriladi. Fildes yarim orolidagi Chili stansiyasi hisoblanmish Presidente Eduardo Frei Montalva bazasi kichik manzilgoh ko'rinishida bo'lib, unda aerodrom (yirik angar va havo nazorat minorasi), ba'zaning bir necha agentliklari xodimlari uchun yemakxonalar, bank, pochta bo'limi, shuningdek farzandli oilalar uchun rancho uslubidagi qulay xonadonlar mavjud. Chili (Argentina va Buyuk Britaniya kabi) butun Antarktida yarim oroli va Janubiy Shetlend orollarini o'zining hududi deb hisoblaydi. Lekin Antarktida shartnomasi shartlari Chiliga o'z da'volarini amalga oshirmasdan shunchaki Fildes yarim orolini koloniyalashtirish imkonini beradi, xolos.[10] Xitoyning Buyuk Devor stansiyasida esa ichki ko'p maqsadli xona mavjud bo'lib bu to'la hajmli basketbol zali vazifasini ham o'taydi.

 
Xitoyning Antarktidadagi birinchii bazasi, Buyuk Devor stansiyasi qurilishi, 1985-yil yanvar.
 
Collins gleysheri, Qirol George oroli

2004-yilda Rossiyaning Bellingshausen stansiyasi yaqinida Pravoslav cherkoviga qarashli Troitsa cherkovi ochildi. Dunyodagi eng janubiy kengliklardan birida joylashgan va Antarktidadagi oz sonli muqim binolardan biri bo'lmish ushbu cherkovda bir rohib to'liq shtatda xizmat ko'rsatadi.

2013-yil oktyabr oyida Amerika heavy-metal bandasi Metallica The Coca-Cola Company kompaniyasi homiyligida Carlini stansiyasi heliportida konsert o'tkazishini e'lon qildi. Freeze 'Em All nomli konsert 2013-yil 8-dekabr kuni Argentinaning Carlini bazasida 120 kishi tomoshabinligida bo'lib o'tdi.[11]

Antarktida materigida qotillikka bo'lgan birinchi urinish 2018-yilda Rossiyaning Bellingshausen stansiyasida sodir bo'ldi.[12]

Yoz oylarida oz miqdorda turistlar ham orolga tashrif buyuradi va Antarktik marafon deb ataluvchi yillik marafonda ishtirok etishadi.

Fildes yarim oroli orolning janubi-g'arbiy qismida joylashgan 7 km uzunlikdagi yarim orol bo'lib, bu nom Britaniya Antarktida joy nomlari qo'mitasi tomonidan 1960-yilda yaqinda joylashgan Fildes bo'g'ozi bilan bog'liq ravishda berilgan.

 
Chili bazasi Frei (o'gnda Rossiya bazasi Bellingshausen)

Arctowski stansiyasidagi Point Thomas mayog'i esa dunyodagi eng janubiy hududda joylashgan mayoqdir.[13]

AQSHning Milliy Okean va Atmosfera Administratsiyasi orolda Lenie bazasini yuritadi. So'zlashuvda Copacabana deb nomlanuvchi ushbu kichik stansiya Admirallik ko'rfazida pingvinlarni fasliy tadqiq etish bilan shug'ullanadi va Antarktidada faqat yoz oylarida ish olib boradi. Qishda esa favqulodda vaziyatda boshpana binosi vazifasini bajaradi.[14]

Iqlimi tahrir

Antarktida yarim oroli va uning yaqinidagi orollar Antarktidadagi eng mo'tadil iqlimli hududlardir. Orol iqlimi atrofni o'rab turgan okeanlarning kuchli ta'siri ostida.[15] Köppen iqlim klassifikatorida orol Antarktidadagi muzlik emas, tundra iqlim zonasi sifatida tasniflangan oz sonli hududlardan biridir.[16] Havo haroratidagi o'zgarish keskin emas va eng sovuq oy, iyulda o'rtacha havo harorati -6.5 °C ni tashkil qilsa, eng issiq oyda 1.5 °C ni tashkil qiladi. Orolda yiliga atigi 591.3 quyoshli soatlar bo'ladi va qor, yomg'ir yoki do'l yog'uvchi orol iqlimi odatda bulutli va bo'ronlidir.[15] O'rtacha hisobda orolga yiliga 729 mm yog'in yog'adi.[15]

Bellingshausen stansiyasi (Collins gavani, Qirol George oroli) (1968-2004) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 3,3 3,3 2,1 0,2 −1,5 −3,1 −3,8 −3,6 −2 −0,9 0,4 2,0 −0,3
Oʻrtacha harorat, °C 1,5 1,5 0,4 −1,7 −3,6 −5,6 −6,5 −6,2 −4,4 −2,6 −1,1 0,4 −2,3
Oʻrtacha minimal, °C 0,1 0,1 −1,3 −3,8 −6 −8,3 −9,7 −9,3 −7,1 −4,7 −2,7 −1 −4,5
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 54,4 66,4 72,1 65,6 60,6 53,4 60,5 62,1 59,8 54,6 46,7 46,0 702,2
Manba: Arctic and Antarctic Research Institute. 4 May 2004.
Frei stansiyasi (Fildes ko'rfazi, Qirol George oroli) iqlimi iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 13,0 9,2 8,3 5,9 4,6 4,2 5,0 3,8 4,4 4,4 6,0 8,2 13,0
Oʻrtacha maksimal, °C 2,7 2,7 2,2 0,6 −0,8 −1,5 −0,9 −2,2 −1,3 −0,8 0,0 2,1 0,3
Oʻrtacha harorat, °C 1,5 1,6 0,4 −1,7 −3,8 −5,5 −6,5 −6,5 −4,5 −2,6 −1 0,6 −2,3
Oʻrtacha minimal, °C 0,3 0,6 −1,2 −4,8 −8,2 −9,4 −13,2 −11,3 −8 −5,6 −2,8 −0,3 −5,3
Mutlaq minimal, °C −5,1 −5,8 −9,9 −16,8 −23,6 −24,2 −28,5 −28,7 −23 −17 −10,7 −6,8 −28,7
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 53,8 52,3 52,5 46,6 31,0 29,2 32,2 34,5 42,0 47,7 41,0 30,1 492,9
Manba: Dirección Meteorológica de Chile (havo harorati ma'lumotlari: 1970–2004, boshqa ma'lumotlar: 1990–2000)


Manbalar tahrir

  1. „ASPA 128: Western shore of Admiralty Bay, King George Island, South Shetland Islands“. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  2. Odd Gunnar Skagestad. Norsk Polar Politikk: Hovedtrekk og Utvikslingslinier, 1905–1974. Oslo: Dreyers Forlag, 1975. 
  3. Thorleif Tobias Thorleifsson. Bi-polar international diplomacy: The Sverdrup Islands question, 1902–1930. Simon Fraser University, 2004. 
  4. Robert K. Headland. The Island of South Georgia. Cambridge University Press, 1984. 
  5. 5,0 5,1 David G. Campbell. The Crystal Desert: Summers in Antarctica. Houghton-Mifflin Books — 4 bet. ISBN 0-618-21921-8. 
  6. William James Mills. Exploring Polar Frontiers: A Historical Encyclopedia. Santa Barbara: ABC-CLIO, 2003 — 353 bet. ISBN 1-57607-422-6. 
  7. Hattersley-Smith, G. (1983). „Fuegian Indians in the Falkland Islands“. Polar Record. 21-jild, № 135. Cambridge University Press. 605–606-bet. doi:10.1017/S003224740002204X.
  8. „Authentication of aboriginal remains in the South Shetland Islands“. 2014-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  9. Tom Griffiths. Slicing the Silence: Voyaging to Antarctica. Harvard University Press, 2007 — 344-345 bet. ISBN 978-0674026339. 
  10. National Geographic, 2001-yil, dekabr.
  11. Miriam Coleman. „Metallica Play a Dome in Antarctica“. Rolling Stone (2013-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  12. Natalie O'Neill. „Antarctica scientist stabbed colleague for spoiling book endings“. New York Post (2018-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  13. Russ Rowlett. „Lighthouses of Antarctica“ (2007-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  14. „Antarctic Ecosystem Research Division, Southwest Fisheries Science Center“. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  15. 15,0 15,1 15,2 „Climate & Weather Averages in King George Island, Antarctica“. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  16. Peel, M. C.; Finlayson, B. L.; McMahon, T. A. (2007). „Updated world map of the Köppen–Geiger climate classification“ (PDF). Hydrology and Earth System Sciences. № 11 (5). 1633–1644-bet. Bibcode:2007HESS...11.1633P. doi:10.5194/hess-11-1633-2007. ISSN 1027-5606.

Adabiyotlar tahrir