Qizilqoʻgʻa audani — Qozogʻiston Respublikasiga qarashli Atirau viloyati tarkibidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi — Miyali qishlogʻi.

Qizilqoʻgʻa tumani
Қызылқоға ауданы
tuman
Tarkibida Atirau viloyati
Maʼmuriy markazi Miyali
Asos solingan sanasi 1944-yil
Akim Takeshov Amanjan Adilxanovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 30 594[1] (4-oʻrin)
Zichligi 1,2 kishi./km²
Maydoni 24 900 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71238
Pochta indeksi 060500-060509[2]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Qizilqoʻgʻa tumani xaritada
Koordinatalari: 48°16′48″N 53°51′0″E / 48.28000°N 53.85000°E / 48.28000; 53.85000 G O

Geografiyasi tahrir

Tuman hududi 24,9 ming km². Yer relefi — tekisliklardan iborat. Qizilqoʻgʻa tumani gʻarbida Atirau viloyatining Inder va Maxambet tumanlari bilan, Atirau shahri bilan, shimoliy tarafidan Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Sirim va Qoratepa tumanlari bilan, sharqiy tarafidan Aqtoʻbe viloyatining Oʻyil va Baygʻanin tumanlari bilan, janubiy tomonidan Atirau viloyatining Maqat va Jilioʻy tumanlari bilan chegaradosh.

Iqlimi tahrir

Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qor kam yogʻadi, yozi issiq va quruq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −12 °C (ayrim paytlarda −40 °C-gacha tushib ketadi), iyulda 25,4 °C (ayrim paytlarda 43 °C-gacha koʻtariladi). Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200 mm.

Ijtimoiy soha tahrir

Tuman hududida avtomobil yoʻli Sagʻiz stansiyasidan tuman markazi Miyali qishlogʻi bilan va Qorabogʻ qishlogʻi orqali Inderbor va Maqat qishloqlari bilan bogʻlaydi. Qizilqoʻgʻa tumanida aloqa boʻlimi, qishloq xoʻjaligi qurilish mahkamasi, bosmaxona, savdo mahkamalari, kasbiy-texnik maktab, 13 ta oʻrta maktab, 27 ta tibbiyot mahkamalari, 15 ta madaniyat uyi, 20 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. 1952-yildan boshlab tuman gazetasi chop etiladi.

Aholisi tahrir

Tuman aholisi 30,5 ming kishi (2010). Qizilqoʻgʻa tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 1,2 kishidan toʻgʻri keladi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir