Rahmonqul Jabarov(1902-yilda Andijon viloyatida tavallud topgan) — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Rahmonqul Jabarov
Tavalludi 1902-yil
Vafoti 1976
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 1920-yil
Unvoni
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Rahmonqul Jabarov 1902-yilda Andijon viloyatida tavallud topgan[1]. KPSS aʼzosi.

1920-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyatini boshladi. Rahmonqul Jabarov 1920—1956-yillarda — aktsiyador, fermer xoʻjaligi ishchisi, Tojikiston SSRda kollektivlashtirishning faol ishtirokchisi, paxta yetishtirish boʻyicha qishloq xoʻjaligi arteli tashkilotchisi, Tojikiston SSR Stalinobod viloyati Koʻktosh tumanidagi Kaganovich kolxozining raisi boʻlib ishlagan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1947-yil 19 martdagi farmoni bilan Rahmonqul Jabarov Lenin ordeni va "O‘roq va „Bolg‘a“ oltin medali,1-darajali Vatan urushi ordeni shuningdek Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Rahmonqul Jabarov 2-chaqiriq Tojikiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 29-maydagi farmoni bilan kolxoz mablagʻlarini oʻzlashtirgani va quritilgan mevalarda chayqovchilik qilgani uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, barcha orden va medallaridan mahrum etilgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 13-sentyabrdagi farmoni bilan barcha mukofotlari qaytarilgan holda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni qayta tiklangan.

Vafoti tahrir

Rahmonqul Jabarov 1976-yilda Tojikiston SSRda vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

  • Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni
  • Lelin ordeni
  • Vatan urushi ordeni

Manbalar tahrir

  1. „Джаборов Рахмонкул“ (Ru). Qaraldi: 23-iyun 2023-yil.