Rangin qushcha“ (inglizcha: The Painted Bird) — asli kelib chiqishi polyak boʻlgan amerikalik yozuvchi Jerzy Kosiński tomonidan yozilgan roman. Roman ilk bor 1965-yil nashr etilgan. U oʻz davrida koʻplab bahslarga sabab boʻlsa-da, urush dahshatlarining yorqin portretini chizib bergan asar ekanligi taʼkidlanadi[2]. Roman Ikkinchi jahon urushi vaqtida Sharqiy Yevropa (ehtimol Polsha) boʻylab kezib yurgan bolaning baxtiqaro taqdiri haqida hikoya qilib beradi. Shuningdek, romanda zoʻravonlik unsurlari yaqqol koʻzga tashlanib, u avtobiografik xususiyatlar bilan mujassamlashgan.

Rangin qushcha
Muallif(lar) Jerzy Kosiński
Muharrir(lar) Ma'muraxon Qutliyeva
Tarjimon(lar) Mirzohid Muzaffar[1]
Bezovchi(lar) Firdavs Do‘stmatov
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1965
Nashriyot Zabarjad Media
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2023
Keyingisi "Steps" (Qadamlar) romani

Mavzusi tahrir

Asar Ikkinchi jahon urushining front orti voqealarini yoritib bergan. Kitobdagi voqealar Jerzy Kosinski bolani oʻquvchiga tanishtirishi bilan boshlanadi. 20 bobdan iborat asardagi barcha voqealar 6 yosh bola nigohi bilan koʻrsatilgani bilan oʻzgacha ahamiyat kasb etgan. Millati loʻli yoki yahudiy ekanligiga urgʻu berilgan bolani ota-onasi konslagerdan omon saqlab qolish uchun uni Sharqiy Yevropa qishloqlariga joʻnatishga majbur boʻlishadi. Bolaga vaqtinchalik qarab turgan keksa xola vafotidan keyin bola uchun chinakam ogʻir davrlar boshlanadi.

Manbalar tahrir

  1. „Tarjimonlik mundarijasi: Har til bilgan mutarjim bo'lmas“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.
  2. Elaine Kauvar. Cynthia Ozick's Fiction: Tradition and Invention. Indiana University Press, 1993 — 77 bet. ISBN 9780253331298. 2015-yil 22-iyunda qaraldi. „Gypsy or Jewish stray.“