Reinhard Justus Reginald Selten (nemischa: [ˈʁaɪ̯nhaʁt ˈzɛltn̩] ( tinglang); 1930-yil 5- oktyabr — 2016-yil 23-avgust) nemis iqtisodchisi, 1994-yilda Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan(Jon Harsanyi va Jon Nesh bilan birgalikda). U, shuningdek, cheklangan ratsionallik sohasidagi ishi bilan mashhur va eksperimental iqtisodiyotning asoschilaridan biri hisoblanadi.

Reinhard Selten
Tavalludi
Reinhard Justus Reginald Selten

5-oktyabr 1930-yil
Vafoti 23-avgust 2016-yil(2016-08-23)
(85 yoshda)
Polsha
Fuqaroligi Germaniya
Taʼlimi Gyote universiteti
Kasbi Iqtisodchi
Millati Nemis
Otasi Adolf Selten
Mukofotlari Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti(1994)

Biografiyasi tahrir

Selten hozirgi Polshaning Quyi Sileziyadagi Breslau (Vrotslav) shahrida tugʻilgan. Otasi yahudiy Adolf Selten (koʻr kitob sotuvchisi boʻlgan; 1942-yilda vafot etgan[1][2]). Onasi Käthe Lyuter protestant boʻlgan[2][3]. Reinhard Selten protestant ruhida tarbiyalangan[3].

Saksoniya va Avstriyada qisqa muddatli oilaviy surgundan soʻng, Selten urushdan keyin Germaniyaning Gessen shahriga qaytib keldi va oʻrta maktabda biznes yozuvchi John D.McDonaldning Fortune jurnalida oʻyin nazariyasi haqidagi maqolasini oʻqidi. U oʻsha vaqtlarda maktabga borib qaytayotganida, „hayolida boshlangʻich geometriya va algebra masalalari yechib“ kelgan[1][2]. U Frankfurtdagi Gyote universitetida matematika boʻyicha oʻqigan va 1957- yilda universitetni bitirib diplomini qoʻlga kiritadi. Keyin u 1967-yilgacha Heinz Sauermannning ilmiy yordamchisi boʻlib ishlaydi. 1959-yilda u Elizabet Langreiner bilan turmush quradi. 1961-yilda u Frankfurtda matematika boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini ham oldi.

U Berkeley universitetida tashrif buyurgan professor boʻlgan va 1969-yildan 1972-yilgacha Berlin universitetida va 1972- yildan 1984-yilgacha Bielefeld universitetida dars bergan. Keyin u Bonn universitetida professor boʻladi. U yerda u BonnEconLab — eksperimental iqtisodiy tadqiqotlar laboratoriyasini qurdi va labaratorida nafaqaga chiqqanidan keyin ham faol boʻldi.

Selten Germaniyaning Bonn universitetida faxriy professor boʻlgan va bir qancha faxriy doktorlik unvonlariga ega boʻlgan. U 1959-yildan[3] esperantist boʻlgan va xotini bilan Esperanto harakati orqali tanishgan[4]. U San-Marino Xalqaro Fanlar Akademiyasining aʼzosi va hammuassisi edi.

2009-yilgi Yevroparlament saylovlari uchun u Yevropaning Germaniya uchun eng yaxshi nomzod boʻldi[5].

Ishi tahrir

Oʻyin nazariyasidagi ishi uchun Selten 1994-yilda Iqtisodiyot fanlari boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi (Jon Harsanyi va Jon Nesh bilan birgalikda). Selten Germaniyada birinchi boʻlib Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan shaxs boʻldi[1].

U, shuningdek, cheklangan ratsionallik sohasidagi faoliyati bilan ham mashhur edi. Gerd Gigerenzer bilan u „Bounded Rationality: The Adaptive Toolbox“ (2001-yil) kitobini tahrir qildi. U keng koʻlamli shaklda ifodalanganligi sababli Seltenʼs Horse deb nomlangan oʻyinning namunasini ishlab chiqdi. Uning soʻnggi ishi „Impuls muvozanati nazariyasi va uning qoʻshimcha mezon bilan kengayishi“ edi.

Bibliografiya tahrir

  • Preispolitik der Mehrproduktenunternehmung in der statischen Theorie, Berlin-Heidelberg-New York: Springer-Verlag, 1970, ISBN 978-3-642-48888-7 — in Nemis tilida
  • General Equilibrium with Price-Making Firms (with Thomas Marschak), Lecture Notes in Economics and Mathematical Systems, Berlin-Heidelberg-New York: Springer-Verlag, 1974, ISBN 978-3-662-07369-8
  • A General Theory of Equilibrium Selection in Games (with John C. Harsanyi), Cambridge, Massachusetts: MIT-Press. (1988)
  • Models of Strategic Rationality, Theory and Decision Library, Series C: Game Theory, Mathematical Programming and Operations Research, Dordrecht-Boston-London: Kluwer Academic Publishers. (1988)
  • Game Equilibrium Models IV, Berlin, New York, Springer Verlag, 1991, ISBN 978-3-662-07369-8.
  • Rational Interaction — Essays in Honor of John C. Harsanyi, Berlin, New York, Springer-Verlag, 1992, ISBN 978-3-642-08136-1.
  • Enkonduko en la Teorion de Lingvaj Ludoj — Ĉu mi lernu Esperanton? (with Jonathan Pool), Berlin-Paderborn: Akademia Libroservo, Institut für Kybernetik. (1995) — in Esperanto tili
  • Game Theory and Economic Behavior: Selected Essays, 2. vol Cheltenham-Northampton: Edward Elgar Publishing. (1999)
  • New edition of: Models of Strategic Rationality (1988), with a Chinese Introduction. Outstanding Academic Works on Economics by Nobel Prize Winners. Dordrecht-Boston-London: Kluwer Academic Publishers. (2000)
  • Chinese Translation of: Models of Strategic Rationality (1988). Outstanding Academic Works on Economics by Nobel Prize Winners. Dordrecht-Boston-London: Kluwer Academic Publishers. (2000)
  • Russian Translation of: A General Theory of Equilibrium Selection in Games (with John C. Harsanyi), Cambridge, Massachusetts: MIT-Press. (2000)
  • Gigerenzer, G., & Selten, R. (Eds.). (2001). Bounded rationality: The adaptive toolbox. Cambridge, Massachusetts: MIT Press.
  • Impulse Balance Theory and its Extension by an Additional Criterion. BoD. (2015)

Yana qarang tahrir

  • Subgame mukammal Nash muvozanati

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Roberts, Sam, „Reinhard Selten, Whose Strides in Game Theory Led to a Nobel, Dies at 85“, New York Times, September 2, 2016. Retrieved 2016-09-03.
  2. 2,0 2,1 2,2 OʻConnor, J J, and E F Robertson, „Reinhard Selten“, www-history.mcs.st-and.ac.uk, November 2010. Retrieved 2016-09-03.
  3. 3,0 3,1 3,2 From Les Prix Nobel. The Nobel Prizes 1994, Editor Tore Frängsmyr, [Nobel Foundation], Stockholm, 1995
  4. Lins, Ulrich & Ertl, István. „Intervjuo kun Reinhard Selten, Nobelpreemiito“ Esperanto (n° 1065-12, December 1994, p. 203
  5. „Eŭropo — Demokratio — Esperanto: Germanio“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.

Havolalar tahrir