Robert Skov (dan. Robert Skov) — daniyalik futbolchi „Hoffenheim“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2020-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.

Robert Skov Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Robert Skov
Tugʻilgan 20-may 1996-yil(1996-05-20)[1][2](26 yosh)
Kopengagen, Daniya[3]
Fuqaroligi
Boʻyi 183 sm
Vazni 79 kg
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Germanii Hoffenheim
Raqami 29
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Skov oʻz faoliyatini „Silkeborg“da boshlagan. 2013-yil 16-mayda u Daniya Superligasida „Midtyulland“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. Mavsum oxirida jamoa ikkinchi ligaga tushib ketdi, biroq oradan bir yil oʻtib yana birinchi ligaga qaytdi. 2014-yil 19-oktabrda „Midtyulland“ga qarshi kechgan bahsda Skov „Silkeborg“ safida ilk golini urdi[5]. 2018-yil boshida Skov „Kopengagen“ga koʻchib oʻtdi. 10-fevral kuni „Randers“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 25-fevral kuni „Odense“ga qarshi duelda Robert „Kopengagen“ safidagi ilk golini urdi[7]. 4-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Bordo“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi[8]. Mavsum oxirida Skov klubga chempion boʻlishiga yordam berdi va oʻzi 29 ta gol bilan uning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

2019-yilning yozida Skov Germaniyaning „Hoffenheim“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 10 million yevro deb belgilandi[9]. 18-avgust kuni Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qildi[10]. 1-noyabr kuni „Paderborn 07“ga qarshi oʻyinda Robert „Hoffenheim“ safidagi birinchi golini urdi[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

2016-yilda Skov Daniya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Braziliya va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13][14]. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Robert gol urdi.

2019-yil 10-iyun kuni Gruziyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Skov Daniya terma jamoasi safida debyut qildi[15].

2019-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Skov Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya, Avstriya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18]. Nemislarga qarshi kechgan bahsda Robert gol urdi.

Oʻsha yilning 5-sentabr kuni Gibraltarga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida u milliy terma jamoadagi birinchi golini urgan[19].

Daniya terma jamoasi safidagi gollar (23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida) tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2016-yil 7-avgust Milliy stadion, Braziliya, Braziliya   Janubiy Afrika 1 :0 1 :0 Olimpiya oʻyinlari 2016

Manbalar tahrir

  1. Robert Skov // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Robert Skov // FBref.com (mn.)
  3. Worldfootball.net (mn.)
  4. „Силькеборг VS. Мидтьюлланн 1:1“ (en). soccerway.com (2013—05—16). 2018-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  5. „Мидтьюлланн VS. Силькеборг 2:1“ (en). soccerway.com (2014—10—19). 2017-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyul.
  6. „Копенгаген VS. Раннерс 5:1“ (en). soccerway.com (2018—02—10). 2021-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  7. „Копенгаген VS. Оденсе 1:0“ (en). soccerway.com (2018—02—25). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
  8. „Бордо VS. Копенгаген 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 4-oktyabr). 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  9. „TSG 1899 Hoffenheim verpflichtet Robert Skov aus Kopenhagen“ (German). Bundesliga. 2020-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  10. „Айнтрахт Франкфурт-на-Майне VS. Хоффенхайм 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 18-avgust). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  11. „Хоффенхайм VS. Падерборн 07 3:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 1-noyabr). 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  12. „Дания (до 23) VS. ЮАР (до 23) 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 8-avgust). 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  13. „Дания (до 23) VS. Бразилия (до 23) 0:4“ (en). soccerway.com (2016-yil 11-avgust). 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  14. „Нигерия (до 23) VS. Дания (до 23) 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-avgust). 2016-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-avgust.
  15. „Дания VS. Грузия 5:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 10-iyun). 2019-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  16. „Германия (до 21) VS. Дания (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 17-iyun). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  17. „Дания (до 21) VS. Австрия (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 20-iyun). 2020-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  18. „Дания (до 21) VS. Сербия (до 21) 2:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 23-iyun). 2019-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-iyul.
  19. „Гибралтар VS. Дания 0:6“ (en). soccerway.com (2019-yil 5-sentyabr). 2019-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.