Ron Atkinson
Ronald Frederick Atkinson (1939-yil 18-martda tug'ilgan)- ingliz sobiq futbolchisi va murabbiyi. Atkinson "Big Ron" nomi bilan tanilgan[2][3]. U 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Britaniyaning eng taniqli futbol ekspertlaridan biri hisoblangan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ronald Frederick Atkinson[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-mart 1939-yil | ||
Tavallud joyi | Liverpool, Angliya | ||
Ampluasi | Qanot himoyachisi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Wolverhampton Wanderers | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1956–1959 | Aston Villa | 0 | (0) |
1959–1971 | Oxford United | 384 | (14) |
Boshqargan klublari | |||
1971–1974 | Kettering Town | ||
1974–1978 | Cambridge United | ||
1978–1981 | West Bromwich Albion | ||
1981–1986 | Manchester United | ||
1987–1988 | West Bromwich Albion | ||
1988–1989 | Atlético Madrid | ||
1989–1991 | Sheffield Wednesday | ||
1991–1994 | Aston Villa | ||
1995–1996 | Coventry City | ||
1997–1998 | Sheffield Wednesday | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Atkinson futbolchilik faoliyati davomida "TheTank" laqabini olgan va 12 yil davomida Oxford United sharafini himoya qilgan. U o'yinlarda maydonga tushish bo'yicha klub rekordini saqlab kelmoqda[4]. Murabbiy sifatida u 1983 va 1985-yillarda "Manchester United" bilan Angliya kubogi, 1991-yilda Sheffield Wednesday va 1994-yilda "Aston Villa" bilan Futbol Ligasi kubogini qo'lga kiritgan.
Erta hayot va o'yin faoliyati tahrir
Atkinson Liverpoolda tug'ilgan, ammo uning oilasi Shard Endga (o'sha paytda Warwickshireda, hozirda Birmingemning hududi) ko'chib o'tgan[5]. Atkinson Lea Village o'rta maktabida o'qigan[6]. Atkinson 17 yoshida BSA Tools ishchi jamoasini tark etib, Aston Villa bilan shartnoma imzolagan[7].
Kettering Town va Cambridge United tahrir
O'yinchilik faoliyatini tugatgandan so'ng, Atkinson 1971-yilda atigi 32 yoshida ligaga kirmaydigan Kettering Townning bosh murabbiyi bo'ldi. Uning u yerdagi muvaffaqiyati 1974-yil noyabr oyida Cambridge United bilan ligaga o'tishga olib keldi. Atkinson 1977-yilda to'rtinchi divizionda g'olib chiqdi. Atkison ularni Ikkinchi divizionga chiqish arafasida tark etdi.
Manchester United tahrir
Atkinson "Manchester United" da o'zidan oldingi murabbiydan ko'ra, jamoani yuqori darajaga olib chiqadigan odam sifatida ko'rildi.
Atlético Madrid tahrir
"Manchester United" dagi faoliyatidan so'ng, Atkinson "Atletiko Madrid" ni boshqarishi kerak edi, biroq "Atletiko" dagi ichki siyosat uning tayinlanishini kechiktirdi va bu orada Atkinson "West Bromwich" ni boshqaridi[8]. 1988-yil oktyabr oyida Atkinson Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Atkinson "Espanyol" ga qarshi o'yinda 6:1 hisobida g'alaba qozondi[9].
Manbalar tahrir
- ↑ The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–2005. Queen Anne Press, 2005 — 32 bet. ISBN 9781852916657.
- ↑ McGavin, Harvey. „Ron Atkinson quits ITV after his racist remarks are heard on air“. The Independent (2004-yil 22-aprel). Qaraldi: 2010-yil 22-may.
- ↑ Bishop. „ATKINSON AT 75: BEHIND-THE-SCENES AT VILLA WITH BIG RON“. Aston Villa F.C. (2014-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
- ↑ „Ex-U's boss: 'I can't believe my pal Ron has gone in the Celebrity Big Brother house'“. Oxford Mail (2013-yil 24-avgust).
- ↑ Young. „Ron Atkinson at 75: 'I would have done it all for nothing“. BirminghamLive (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
- ↑ „Ron Atkinson at 75: 'I would have done it all for nothing“. Birmingham Mail (2014-yil 16-mart).
- ↑ The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–1998 Hugman: . Queen Anne Press, 1998 — 31 bet. ISBN 978-1-85291-585-8.
- ↑ „Big Ron, the Calderón and a call from Jesus“. The Versed (2017-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
- ↑ „Big Ron and His Doomed Spell at Atlético Madrid“. Pickles (2021-yil 24-may). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.