Ruh 5:13 — qoʻrqinchli-triller janrda yaratilgan oʻzbek tilidagi ilk film. Filmning dastlabki premyerasi 2006-yil boʻlib oʻtgan. Kino 4 qismdan iborat. Psixologik qoʻrqinchli film hisoblangan Ruh 5:13 filmining eng soʻnggi — toʻrtinchi qismi (2018-yil 20-yanvarda) Andijon shahridagi „Oʻzbegim sinema“ kinoteatrida boʻlib oʻtga[1]. „Ruh 5:13“ filmining 4-qismi film premyerasi boʻlib oʻtgandan soʻng, 2018-yilning 21-mayidan boshlab, Alisher Navoiy nomli kino saroyida namoyish qilinishi haqda taʼkiflab oʻtadi[2].

Ruh 5:13 (film)
Rejissyor(lar) Shavkat Jayron
Prodyuser(lar) Mirsaid Hakimov
Ssenariynavis(lar) Sherzod Eraliyev
Rollarda Shavkat Jayron, Nigora Akbarov, Sherzod Eraliyev, Avaz Rustamov, Alisher Qodirov
Bastakor(lar) Sherzod Nuraliyev
Chiqarilgan sanasi 2022-yil (ilk bor)
Davomiyligi 4ta qism
Mamlakat O'zbekiston
Til o'zbekcha

Film haqida tahrir

Ruh 5:13 filmi rejissor Shavkat Jayron tomonidan suratga olingan oʻzbek kinofilmlar tarixidagi ilk qoʻrqinchli film hisoblanadi. Ushbu film umumiy hisobda 4-qismdan iborat. Ilk premyera 2006-yilda boʻlib oʻtgan. Ushbu filmning ssenariy muallifi hisoblanmish Sherzod Eraliyev[3] real voqealarga asoslanmagan, fantastik film ekanligini taʼkidlab oʻtgan. Ushbu film 11 yil davomida O'zbekkino milliy agentligi tomonidan taqiq ostiga olingan. Taqiqlanish sababi oydinlashtirilmagan. Bu haqda film rejissoriga ham maʼlumot berib oʻtilmagan[4]. 2018-yilda suratga olingan film davomiyligi 88 daqida (1 soat, 28 daqiqa). Film ssenariysi tahmiman shunday koʻrinishda: „Sarvar ismli bir yigit qimorda yutkazib qoʻyadi va katta pul qarz boʻlib qoladi. Qimorda yutgan odamlar Sarvar qarzini toʻlay olmasligini bilib, evaziga singlisini soʻraydi. Sarvar Sadr ismli doʻstining oldiga boradi va yordam soʻraydi. Sadr esa Noʻmonni (Sarvarni qimorda yutgan kishi) oʻldirtiradi. Ruhsora (Sarvarning singlisi) esa bunga guvoh boʻlib qoladi“

Ijodkorlar tahrir

Toʻrt qismli ushbu kinofilmning deyarli barchasida rollar har xil aktyorlar tomonidan ijro etilgan. Jumladan, bosh rol egasi va rejissor: Shuhrat Jayron (oʻzgarmagan). Rollarda: Madina Abdullayeva, Shohista Xolmatova, Shohrux Islomov, Aziza Aripboyeva, Feruza Hasanova, Asliddin Rahimov, Dilnoza Satimova, Nigora Akbarova („Ruxsora“ rolida), Sherzod Eraliyev („Baxodir“ rolida), Avaz Rustamov („Sadr“ rolida), Alisher Qodirov („Sarvar“ rolida). Filmni suratga olishda ishtirok etgan operatorlar: ''Aziz Shokirov, Hurshid Muxtorov, Nozim Tolipov, '''bastakorlar: ''Sherzod Nuraliyev, Doniyor Saidaliyev. Shuningdek, chiroq ustasi''': Rustam Hudoyberdiyev'', grim ustasi: ''Sherzod Eraliyev, montaj ustasi: Dilmurod Zaynobiddinov, postanovkachi rassom: Aleksandr Kislyakov.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir