Andoza:Infobox school Rus matematika maktabi (RSM). Maktabdan keyingi taʼlim dasturi boʻlib, davlat va xususiy maktablarda oʻqiydigan bolalarga matematika bo'yicha dars beriladi. Maktab bolalarga an'anaviy maktab o'quv dasturidan tashqari, matematika bo'yicha rivojlanish imkoniyatini ham beradi. Inessa Rifkin va Irene Khavinsonlar RSM asoschilari hisoblanadi[1][2][3][4].

RSMning asosiy yo'nalishi - boshlang'ich taʼlim matematikasi. O'rta maktab darajasidagi sinflarga SAT, SAT II va AP imtihonlari kabi standartlashtirilgan testlarga tayyorgarlik ko'rishadi. Har bir sinf misollar va mashqlar yordamida mavzularni òzlari mustahkamlashadi. Sinf ishlari bilan birga barcha o‘quvchilarga o‘rganganlarini mustahkamlash uchun uy vazifasi beriladi[5][6].

Tarixi tahrir

Rasmiy malumotlarga ko‘ra, Inessa Rifkin (Belarusning Minsk shahrida tug‘ilgan) bilan birgalikda Irina Khavinson (Ukrainaning Chernigov shahrida tug‘ilgan) farzandlari yaxshi yashashi uchun SSSRdan chiqib ketganlar[7]. Ular birgalikda sifatli va chuqurlashtirilgan matematika darsligini yaratganlar[7]. 1997-yil Rifkin xonimning oshxonasida birinchi darslari o'tkazilgan[8]. 1999-yil oktabr oyida Boston tumanining chekka qishloğida o'quvchilar taxsil olishlari uchun maxsus maktab tashkil etilgan. Hozirda kunda 40 000 ga yaqin o‘quvchilar tahsil olib kelishmoqda.

Joylari tahrir

Maktabdan tashqari matematika darslari dastlab Boston tumanidagi[9]Inessa Rifkinning yashash xonasida bo'lib o'tgan[8]. O'sha vaqtdan beri maktab AQSh va Kanadada 50 dan ortiq maktablar va onlayn dasturni o'z ichiga olgan holda kengaytilgan[10][11]. RSM shuningdek, New Hempshire shtatining Sunapee shahrida tungi lagerni ham boshqarib kelmoqda[12].

Munozaralar tahrir

2022-yil 20-mart kuni RSM asoschilaridan biri Inessa Rifkin "Yozgi lager" deb nomlangan shaxsiy sahifasida[13]shunday dedi:

Ukrainada Rassiya prezidenti Putinga tinch yo'l bilan taslim bo'lish tanlovi ham bor edi. Ukraina Prezidenti Zelensky Putinga qarshi kurashishni tanladi. U nafaqat o'z hayotini xavf ostiga qo'ydi, minglab tinch aholini hamda ko'plab yosh bolalarning ham hayotini havf ostiga qoydi. Buning ustiga 3 000 000 ga yaqin aholi qochoqqa aylandi. O'ylab qaraganda insonlarning azob- uqubatlariga nafaqat Putin, balki Ukraina prezidenti Zelensky ham javobgar deb hisoblash mumkin.Prezident haq edimi?. U boshqa odamlarning farzandlari uchun qaror qabul qilishga haqli deb o'ylaysizmi?.

Rifkin o‘shandan beri o‘zining Facebook sahifasida[14]yuqoridagi fikrlarga batafsil to‘xtalib o'tdi.

Manbalar tahrir

  1. „About Our Founders“. Russian School of Mathematics. Qaraldi: 2014-yil 17-yanvar.
  2. Giacobbe, Alyssa. „Should Your Kid Be Taking Russian Math?“. Boston Magazine (2020-yil 31-mart).
  3. Goldberg, Carey. „Why Thousands Of American Parents Are Sending Their Kids To 'Russian Math'“. WBUR-FM (2017-yil 13-aprel).
  4. „Masha Gershman: What Can We Learn From The Russian Approach To Math Education?“. NPR (2019-yil 15-mart).
  5. Beth Teitel (March 15, 2016) There’s fear of math, and then there’s fear of Russian Math, Boston Globe
  6. Haft, Clair Tisne. „The Motherlode: Not everything adds up at 'fun math camp'“. Greenwich Time (2018-yil 25-iyul). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  7. 7,0 7,1 „About RSM: The Russian School of Mathematics“ (en). Russian School of Math. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
  8. 8,0 8,1 „"From Russia with Math", New Documentary About Russian School of Mathematics (RSM) Selected For Winter Fest Film Festival“. Louisville Business First. PR Newswire (2014-yil 6-yanvar). 2016-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-yanvar.
  9. Donahue. „Russian School of Mathematics training brains to solve problems“. The Naperville Sun. 2013-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-noyabr.
  10. Moran, Catherine Douglas. „Russian School of Mathematics to Open Tysons Location Soon“. Tyson Reporter (2020-yil 10-avgust).
  11. „10,000 Students Now Enrolled!!!“. Russian School of Mathematics. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
  12. Sosnowski. „Russian School of Mathematics Gives Children a Solid Math Foundation“. Mass Realty. 2019-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  13. „Russian School of Math co-founder blasted for saying Ukraine shares blame in death toll“. 2022-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  14. „March 2022 Facebook post“. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.

Havolalar tahrir