Rustam Saʼdullayev (25-iyul 1950-yill, Toshkent) — oʻzbek, sovet kino va teatr aktyori, rejissor, ssenariynavis, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1].

Rustam Saʼdullayev
Tavalludi
Rustam Saʼdullaev

25-iyul 1950-yil (1950-07-25) (73 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor, ssenariynavis
Boʻyi 173 sm
Faoliyat yillari 1964 — h.v.
Turmush oʻrtogʻi Marina Vladimirovna Kuzina
Bolalari Navroʻza Saʼdullayeva
Ravshan Saʼdullayev
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Hayoti tahrir

Rustam Abdullayevich Saʼdullayev (ruscha: Рустам Абдуллаевич Сагдуллаев) 1950-yil 25-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabda oʻqish paytida Pionerlar uyining dramachilik toʻgaragiga ham qatnagan. Kinodagi ilk rolini 13 yoshida oʻynagan — „Dorbozlar“ filmida Alijon rolini ijro etgan.

1973-yilda „Sevishganlar“ filmida Saʼdullayev bilan birga suratga tushgan Rodion Naxapetov „В бой идут одни старики“ filmidagi Romeo roliga Rustamni tavsiya qiladi. Leonid Bikov rejissyorligi ostida suratga olingan ushbu harbiy filmda ijro etgan roli bilan Rustam Saʼdullayev butun Sovet Ittifoqiga taniladi.

1975-yilda Rustam Saʼdullayev A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan[2] va Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktyoriga aylangan.

Rejissyorlik faoliyatini 1984-yilda u oʻzining ilk “Ostansya” filmida rejissyorlik qilgan.

2001-yilda esa 10 qismdan iborat boʻlgan “Koʻrlar” (“Slepie”) teleserialida bir vaqtning oʻzida rejissyorlik, prodyuserlik, ssenariy muallifi hamda bosh rol ijrochisi vazifasini bajargan. Ushbu serial Saʼdullayev oʻgʻlining sharafiga atalgan xususiy “Ravshan-film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Rustam Saʼdullayev 2021-yildan Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida dars beradi[3]. 2023-yilda shu institutning faxriy professori unvonini olgan[4][5].

Shaxsiy hayoti tahrir

Oilasi: turmush oʻrtogʻi Marina Vladimirovna Kuzina bilan 1987-yilda suratga olingan „Shok“ filmining suratga olish jarayonida tanishishgan. Marina oldin “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida ishlagan (hozirgi kunda xususiy mehmonxona sohibi). Ular 2 nafar farzandning ota-onasi: qizi Navroʻza (1993) jurnalist va oʻgʻli Ravshan informatika mutaxassisi.

Mukofotlari tahrir

Filmografiyasi tahrir

Yil Film nomi Rol Rejissyor
1964 „Kanatoxodsi (Dorbozlar)“ Alijon
1969 „Vlyublennie (Sevishganlar)“ Rustam Elyor Ishmuhamedov
1973 „В бой идут одни «старики»“ (Jangga faqat „qariyalar“ boradi[9] yoki Jangga faqat „keksalar“ chiqadi[10] yoki Jangga faqat „qariyalar“ kiradi[11]) Romeo
1998 „Kichkina tabib“
2004 „Vlyublennie 2 (Sevishganlar 2)“ Rustam
2007 „Kechir“ Samiraning otasi
2008 „Meni tushun“ Sanamning otasi
2010 „Oʻgʻrigina kelin“ Sayyoraning otasi
2011 „Marafon lyubvi (Sevgi marafoni)“ Saidov
2012 „Qovun“
2012 „Qora mushuk“
2017 „Temur“

Serial tahrir

Yil Film nomi Rol
2001 „Slepie“
2002 „Drongo“ Jafarov
2004 „Bliznesi“ Nosirov
2009 „Sled salamandri“
„Bedor tuygʻular“

Kliplar tahrir

Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2013 Rayhon „Qani“ Rustam Saʼdullayev

Manbalar tahrir

  1. „RUSTAM SADULLAYEV“. Muz.uz. Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  2. „Рустам Сагдуллаев“ (Rus). kinopoisk.ru. Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  3. PLOV. „Рустам Сагдуллаев: Ҳар бир авлоднинг ўзига хос санъат намуналари бор“ (6-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  4. Sputnik. „Знаменитый узбекский артист стал почетным профессором ВГИКа“ (Rus) (26-may 2023-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  5. Анастасия Новикова. „“Ўзбек Ромеоси” Рустам Сагдуллаев – фахрий профессор ва жамоатчиликнинг севимлиси“ (26-may 2023-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  6. Afisha.uz. „Rustam Sa'dullayev «Xalq diplomati» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi“ (27-oktabr 2023-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi. „Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist, “Doʼstlik” ordeni va “Kinematografiya fidokori” koʼkrak nishoni sohibi, kinoaktyor Rustam Sa'dullayev «Xalq di“ (27-oktyabr 2023-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  8. Анастасия Новикова. „Рустам Сагдуллаев Москва театр мукофотини олди“ (20-iyun 2023-yil). Qaraldi: 5-may 2024-yil.
  9. https://daryo.uz/2020/03/12/ozbekistonlik-taniqli-aktyor-rossiyada-yil-odami-sifatida-etirof-etildi/
  10. https://buxortv.uz/uploads/posts/2019-10/1570392170_zagruzhennoe-6.jpg[sayt ishlamaydi]
  11. „arxiv nusxasi“. 22-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2020-yil.