Sabrina Vega (1995-yil 24-mayda tugʻilgan) — Nyu-Yorkning Karmel shahridan, hozirgi kunda nafaqadagi amerikalik gimnastikachi. U 2011-yilda badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan Amerika Qoʻshma Shtatlar jamoasi aʼzosi edi. U besh yil davomida terma jamoa aʼzosi boʻlgan va 2013-yilgacha Buyuk Amerika Gimnastika Ekspressida mashq qilish uchun sport zallarini almashtirganiga qadar Mohegan koʻlidagi Dinamik Gimnastikada mashq qilgan. U 2017-yilda Jorjiya Universitetiga kirish uchun harakat boshlagan.

Sabrina Vega
Boshqa nomi Sabby
Mamlakat  Qoʻshma shtatlar
Tugʻilgan sanasi va joyi 24-may, 1995-yil

Carmel, New York, AQSH
Boʻyi 5 ft 1 in (155 cm)
Milliy terma jamoadagi faoliyati 2008—2012-yillar (AQSh)
Faoliyatini yakunlash 3-oktyabr, 2015-yil (elite), 3-aprel, 2020-yil (NCAA)
Medallar
 AQSh jamoasi safida
Butunjahon chempionati
Gold medal — first place 2011-yil Tokio jamoaviy
Pacific Rim Championati
Gold medal — first place 2010-yil Melbourne jamoaviy
Silver medal — second place 2010-yil Melbourne Balans
Pan Amerika Championati
Gold medal — first place 2010-yil Guadalajara jamoaviy
Gold medal — first place 2010-yil Guadalajara balans
Silver medal — second place 2010-yil Guadalajara umumiy
Website www.sabrinavega.com

Shaxsiy hayoti tahrir

Sabrina David va Jahaira Vegalarning farzandi hisoblanadi. Uning otasi yoshligida gimnastikachi boʻlgan. Sabrinaning ukasi David Jr. beysbol va futbol oʻynaydi. Sabrina Vega 2000-yildan gimnastika bilan shugʻullana boshlagan.[1] Vega milliy terma jamoaning sobiq shifokori Larri Nassar tomonidan nohaqlikka uchragani sababli Karolyis, AQSh Gimnastika va USOC ga qarshi sudga daʼvo qildi. U Nassarning zoʻravonligi qurboni boʻlgan 300 dan ortiq ayol va qizlar qatoriga kiradi.

Faoliyati tahrir

2009-yilda Vega Texasning Dallas shahrida oʻtkazilgan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻsmirlar milliy chempionatida qatnashdi. U polda mashq bajarishda oltin, muvozanat nurida bronza, koʻpkurashda esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi.[2] Sabrina 2009-yilda Braziliyaning Arakaju shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Panamerika chempionatida qatnashib, Amerika Qoʻshma Shtatlari jamoasiga oltin medalni qoʻlga kiritishda yordam berdi. U jamoadoshi Kyla Ross ortidan borib koʻpkurash va notekis panjaralar yoʻnalishida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

Katta yoshdagilar turnirlari orasidagi birinchi uchrashuvida Sabrina Vega 2011-yil 23-iyulda Chikagoda (IL) CoverGirl Classic musobaqasida koʻpkurashda uchinchi oʻrinni egalladi (56,85). U polda mashq bajarishda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi (14,25).[3]

Manbalar tahrir

  1. „Sabrina Vega“. usagym.org. Retrieved May 8, 2013.
  2. „Archived copy“. 2009-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2009-yil.
  3. USA Gymnastics (23-iyul 2011-yil). „2011 Cover Girl Classic Meet Results“. Press-reliz. 12-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2011-yil 25-iyul.

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 20-sentyabr, 2022-yil(2022-09-20) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.