Sami Abdullah Al-Jaber (talaffuzi: Somi Abdulloh al-Jobir) (arabcha: سامي الجابر) (1972-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi. Sami Al-Jaber hujumchi sifatida oʻynagan. Sami Al-Jaber butun faoliyatini „Al Hilal“ futbol klubida oʻtkazgan.

Sami Al-Jaber
Al-Jaber 2013-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sami Abdullah Al-Jaber
Tavallud sanasi 11-dekabr 1972-yil (1972-12-11) (51 yosh)
Tavallud joyi Sanaa, Yaman
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1988 Al Hilal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—2007 Al Hilal 449 (176)
2000Wolverhampton Wanderers (ijara) 5 (0)
Milliy terma jamoa
1992—2006 Saudiya Arabistoni 156 (46)
Boshqargan klublari
2011—2012

Al Hilal

(yordamchi murabbiy)
2012—2013

AJ Auxerre

(yordamchi murabbiy)
2013—2014 Al Hilal
2015 Al Wahda
2016—2017 Al Shabab
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Sami Al-Jaber 1989-yilda „Al Hilal“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Bundan soʻng, Sami Al-Jaber futbolchilik faoliyatining deyarli 20 yilini klubda o‘tkazdi. 2000-yilda Sami Al-Jaber „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubiga safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[1]. Sami Al-Jaber u yerda besh oy ichida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi[2]. Klub maʼmuriyati Sami Al-Jaberning otasi ogʻir kasal boʻlib qolganini bilgach, unga Birlashgan Arab AmirliklariningAl Ain“ futbol jamoasiga ijaraga oʻtishga ruxsat berishdi. Shu bilan Sami Al-Jaberning Angliyadagi faoliyati nihopyasiga yetdi[3]. Shunga qaramay, Sami Al-Jaber shu kungacha vatanidan tashqarida oʻynagan saudiyalik futbolchilardan biri boʻlib qolmoqda.

2008-yil 21-yanvarda Sami Al-Jaber „Al Hilal“ futbol kklubi safida Angliya Premyer-ligasi vakili „Manchester United“ futbol klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Sami Al-Jaber klub safidagi soʻnggi oʻyinida mehmonlar ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonish uchun penaltini aniq amalga oshirdi[4].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

1998-yil 27-may kuni Sami Al-Jaber Norvegiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zining terma jamoa safidagi 100-milliy o‘yinini o‘tkazdi. 25 yosh, toʻrt oy va 16 kunligida oʻtkazgan ushbu uchrashuvi Sami Al-Jaberni xalqaro maydonda 100 va undan ortiq xalqaro oʻyin oʻtkazgan eng yosh erkak futbolchiga aylantirdi[5].

Sami Al-Jaber terma jamoa safida 2000-yilgi Osiyo kubogi musobaqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi[6].

Menejerlik faoliyati tahrir

Sami Al-Jaber 2009-yilda, professional futboldan ketganidan bir yil oʻtib, „Al Hilal“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. Sami Al-Jaber klub safida Erik Gerets, Gabriel Calderon va Thomas Doll kabi taniqli murabbiylar qoʻl ostida ishladi. 2012-yilda Sami Al-Jaber Liga 2 jamoasi „AJ Auxerre“ futbol klubining yordamchi murabbiyi boʻldi.

2013-yilning 27-mayida Sami Al-Jaber sobiq murabbiy Zlatko Dalić o‘rniga „Al Hilal“ futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Sami Al-Jaber 1999-yildan beri Khalil Ibrahim Al-Zayaniyning 14 yillik faoliyatidan so‘ng „Al Hilal“ futbol klubini boshqargan birinchi saudiyalik murabbiy bo‘ldi. Yangi faoliyatidagi birinchi mavsumdan soʻng, Sami Al-Jaber futbol boʻyicha murabbiylar dunyosi reytingida 19-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng, 2014-yil 19-iyulda „Al Arabi“ futbol klubi Sami Al-Jaberni jamoaning texnik menejeri lavozimiga tayinlanganini eʼlon qildi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Mintaqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Al Hilal 1988—1989 Saudiya Professional ligasi 11 2 3 1 0 0 14 3
1989—1990 20 16 7 1 0 0 27 17
1990—1991 21 14 6 3 6 3 33 20
1991—1992 13 6 9 3 0 0 22 9
1992—1993 21 19 5 2 0 0 27 21
1993—1994 0 0 0 0 0 0 0 0
1994—1995 12 2 13 8 0 0 25 10
1995—1996 19 4 11 0 0 0 30 4
1996—1997 13 2 9 3 10 5 31 10
1997—1998 15 2 8 6 9 6 32 14
1998—1999 19 7 11 6 5 2 35 15
1999—2000 19 6 9 5 4 0 32 11
2000—2001 13 1 6 2 5 2 24 5
2001—2002 17 3 2 0 6 4 25 7
2002—2003 15 2 8 2 2 0 25 4
2003—2004 13 3 2 0 4 1 19 3
2004—2005 16 11 10 8 0 0 26 19
2005—2006 6 0 4 2 3 0 13 2
2006—2007 5 1 3 2 0 0 8 3
Wolverhampton (ijara) 2000—2001 4 0 1 0 0 0 5 0
Jami 272 101 127 54 54 23 453 177

Manbalar tahrir

  1. Wollaston. „Who is Sami Al-Jaber? The former Wolves player eyed for Newcastle United role“ (en). BirminghamLive (2020-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  2. Dixon. „AL-JABER COMPLETES LOAN SPELL“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  3. Evans. „AL-JABER GIVEN UAE LOAN“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  4. „Report: Al Hilal 3 United 2“. Manchester United FC (2008-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 8-fevral.
  5. Bryant. „Football: The Knowledge - the fastest ever century of international caps“. The Guardian (2007-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-dekabr.
  6. Alosaimi, Najah. „'Sam 6' Regarded as Kingdom's Best“. Arab News (2008-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 8-fevral.