Sanologiyaorganizmning kasalliklar bilan kurashish mexanizmlari va choralari haqidagi fan hisoblanadi. U bevosita faqat inson salomatligi bilan shug'ullanishni maqsad qilib qo'ymaydi. Fan salomatlik to'g'risida emas, balki sog'lom bo'lishga olib keluvchi vositalar yoki sog'ayish mexanizmlari to'g'risidagi ilmdir. Shuningdek, sanologiya noan’anaviy tibbiyot usullari bilan davolashni asoslab bera oluvchi yagona yo'nalish ham hisoblanadi.

Fanning maqsadi va vazifasi tahrir

• Organizmga zararli ta’sir ko'rsatuvchi omillarga qarshilik ko'rsatish mexanizmlarini tadqiq qilish;

• Salomatlikni saqlash strategiyasini ishlab chiqish;

• Turli kasalliklarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini tuzish va b.

Tibbiyotdagi o‘rni tahrir

Sanologiya ilmining markazida "sanogenez" tushunchasi yotadi. Sanogenez haqida taniqli patofiziolog olim S.M.Pavlenko tomonidan batafsil o‘rganilgan. Sanogenez — bu organizmning o‘z zahiraviy quvvatini safarbar qilishi tufayli sog'ayish tomonga qarab rivojlanish mexanizmi hisoblanadi. Bu mexanizmning chuqurroq o‘rganilishi natijasida sanologiya ilmi rivojlanib borgan. Sanologiya tibbiyot, xususan, klinik tibbiyotda muhim ahamiyatga ega[1].

Manbalar tahrir

  1. Sog‘lom turmush tarzi asoslari: (Valeologiya). R.Arziqulov. T.: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. — 248 b..