Sementchi (futbol klubi, Quvasoy)

"Sementchi" – Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrining oʻzbek futbol klubi. Hozirda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp suradi.

„Sementchi“
Toʻliq nomi Quvasoyning „Sementchi“ futbol klubi
Laqabi Sementchilar, Quvasoyliklar
Asos solingan 1987-yil
Stadion „Sementchi“
Stadion hajmi 5000
Bosh direktori Oʻzbekiston Abdusomad Nazriddinov
Murabbiyi Oʻzbekiston Abdumalik Hakimov
Musobaqasi Birinchi liga
2023 1
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

1987-yilda tashkil etilgan. 1988-yilgi mavsumda klub Oʻzbekiston SSR chempionatida oʻynagan. 1997-yilda Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasi final bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi mavsumdan boshlab Birinchi ligada qatnasha boshladi.

2002-yilda 2-oʻrinni egallab, Oliy ligaga yoʻl oldi. 2003-yilgi mavsumda Oliy ligada muvaffaqiyatsiz oʻynadi (oxirgidan oldingi, 15-oʻrin) va yana Birinchi ligani tark etdi.

2008-yilda moliyaviy muammolar tufayli klub Oʻzbekiston chempionati va kubogida ishtirok etishdan bosh tortdi. 2014-yilda qayta tiklandi va yana Ikkinchi liganing final bosqichida oʻynadi.

Keyingi 3 mavsumni Birinchi ligada oʻtkazdi va oʻz tarixida birinchi marta 2017-yilda uning gʻolibiga aylandi. Ammo keyin 2018-yilgi Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etishiga ruxsat berilmadi. Jamoa bir necga mavsum yarim professional tarzida Oʻzbekiston ikkinchi ligasida faoliyat olib bordi. 2022-yildan Oʻzbekiston ikkinchi ligasi oʻtish turnirida 2-oʻrinni olib 2023-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasiga chiqdi.

Yutuqlari tahrir

  • Oliy ligada 15-oʻrin (2003).
  • 1  Birinchi liga gʻolibi (2017).[1]
  • 2  Birinchi liga kumush medali sovrindori (2002).
  • 3  Birinchi liganing bronza medali sovrindori – 2 marta (2000, 2001).
  • Oʻzbekiston Kubogi 1/4 final (2015).

Futbolchilar tahrir

Hozirgi tarkibi tahrir

31-mart 2024-yil[2]
Amplua Futbolchi
1   UZB DR Alisher Joʻraboyev
2   UZB HM Muhammadqodir Rasuljonov
4   UZB HM Nurmuhammad Abdugʻaniyev
5   UZB HM Oʻtkir Oʻktamov
6   UZB HM Jahongir Shermatov
7   UZB YH Alfayzi Neʼmatov
8   UZB YH Muhammadali Nosirjonov
9   UZB YH Sherzod Hayrullayev
10   UZB YH Xushnud Bozorov
11   UZB HJ Sherali Rasulov
17   UZB YH Husan O‘rolov
18   UZB HM Mehriddin Musulmonov
19   UZB HM Mirjalol Mirzayev
Amplua Futbolchi
20   UZB HM Jaxongir Shermatov
21   UZB HJ Yahyo Zuhriddinov
22   UZB HJ Dilshodbek Umrzoqov
23   UZB YH Nodir Nurmatov
24   UZB HM Mirjamol Ne’matov
25   UZB HM Umidjon Karilov
27   UZB HJ Jamshid Qobilov
55   UZB HJ Javohir Aʼzamov
67   UZB DR Ziyodulloxoʻja Nazirov
71   UZB HJ Ulugʻbek Muhammadjonov
77   UZB YH Samandar Oʻrinboyev
99   UZB YH Mirjalol Qosimov

U21 tahrir

U19 tahrir

Murabbiylar tahrir

Murabbiy Yillar
  Murod Ismoilov ?
  Abdumalik Hakimov ?
  Sardor Zokirov 2022-

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir