Sergey Fyodorovich Chernikov (1914-yil, Toshkent – 26-iyul, 1944-yil) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.

Sergey Chernikov
Tavalludi 1914-yil
Toshkent, Rossiya imperiyasi
Vafoti 26-iyul 1944-yil
Latviya SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi tahrir

Sergey Fedorovich Chernikov 1914-yilda Toshkentda tavallud topgan va u yerda yashab ijod qilgan.

Chernikov 1941-yil 15-sentabrda Toshkent shahar Lenin okrug harbiy komissarligi tomonidan Qizil armiya safiga chaqirilgan. 391-oʻqchilar diviziyasining 951-artilleriya polkiga vzvod komandiri etib tayinlanganidan soʻng, Kalininskiy (1942-yil 20-fevraldan), Shimoli-gʻarbiy (1942-yil 1-maydan) va 2-Boltiqboʻyi (1943-yil 1-dekabrdan) frontida jang qilgan[1].

1943-yil 18-yanvarda Nasva-Kiselevich-Zabolotye stansiyasi uchun olib borilgan janglarda uning polki dushmanning oltita hujumini qaytargan. 1944-yil 1-yanvarda Sedurino yaqinida dushmanning mustahkam mudofaasini buzib oʻtayotganda katta leytenant Chernikov diviziyasi dushmanga katta talofatlar yetkazdi. Buning uchun Sergey Chernikov Aleksandr Nevskiy ordeni va II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan[2].

Mayor Sergey Fyodorovich Chernikov vafotidan keyin 1945-yil 24-martda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan Latviya hududidagi janglarda koʻrsatgan qahramonligi va jasorati uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Sergey 1944-yil 26-iyulda vafot etgan. U Rezekne shahri (Latviya) Darzu koʻchasidagi harbiy birodarlik qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari tahrir

Sergey Chernikov „Zolotaya Zvezda“ medali, Lenin, Qizil Bayroq, Aleksandr Nevskiy va II darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan.

Oilasi tahrir

Sergeyning onasining ismi Pelageya Stepanovna Chernikova[2], rafiqasi Anastasiya Iosifovna Popova. Ikkalasi ham Toshkent shahrida yashagan.

Xotirasi tahrir

Toshkentdagi tramvay deposiga qahramon Sergey nomi berilgan. Unga atab Rezekne shahrida memorial taxta oʻrnatildi.

Manbalar tahrir

  1. „Черников Сергей Фёдорович“. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Nagradnoy list S. F. Chernikova s predstavleniem k zvaniyu Geroya Sovetskogo Soyuza, stranitsa 1. Na sayte ОБД «Подвиг Народа».