Sergey Konstantinovich Dal (1904 28-may, Simferopol, Tauride viloyati, Rossiya imperiyasi – 1982-yil 16-fevral, Stavropol, RSFSR, SSSR) – sovet zoologi va oʻlkashunosi, biologiya fanlari nomzodi (1936). 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan „Armaniston SSR faunasi“ asari (1954) muallifi. Dalning asarlari B.B.Piotrovskiy, N.K.Vereshagin, N.O.Burchak-Abramovich va boshqa olimlar tomonidan yuqori baholangan.

Sergey Konstantinovich Dal
Tavalludi 28-may 1904-yil
Simferopol, Rossiya imperiyasi
Vafoti 16-fevral 1982-yil(1982-02-16)
(77 yoshda)
Stavropol, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Zoolog
Ish joylari Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Taʼlimi Tauride milliy universiteti

Hayoti tahrir

Sergey Konstantinovich Dal 1904-yil 28-mayda Simferopolda agronom oilasida tugʻilgan.

Simferopol davlat gimnaziyasini tamomlagan. Keyinchalik 1928-yilda Simferopol davlat universitetining fizika-matematika fakulteti tabiiy fanlar boʻlimini tamomlagan. 19291933-yillarda u Zabaykalyeda sugʻurlarni ovlash zonasida Dalyoxotsoyuz biologik stansiyasining boshligʻi boʻlib ishlagan. Primoryeda kiyiklarni oʻrgangan. 19341938-yillarda Oʻzbekiston universiteti zoologiya kafedrasi assistenti, dotsenti, mudiri sifatida faoliyat yuritgan[1]. 1938-yildan boshlab Sergey Konstantinovich Dal Armaniston SSR Fanlar akademiyasi Biologiya institutining katta ilmiy xodimi bo'lgan. U Samarqand davlat universiteti zoologiya muzeyi asoschilaridan bir hisoblanadi. Ushbu muzey Oʻzbekistondagi eng yirik tabiiy tarix muzeylaridan biri.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, harbiy orden va medallar bilan taqdirlangan[2].

1952-yilgacha Armaniston SSR Fanlar akademiyasining umurtqali hayvonlar zoologiyasi sektori mudiri boʻlgan. 1959-yildan Stavropol vaboga qarshi ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan. Stavropol oʻlkashunoslik muzeyi Ilmiy kengashi aʼzosi bo'lgan. 1960-yildan boshlab Armaniston SSR Fanlar akademiyasining umurtqali hayvonlar zoologiyasi sektori bo'limida faoliyatini davom ettirgan.

Sergey Konstantinovich Dal 1982-yil 16-fevralda Stavropolda vafot etdi .

Quyidagilar olim nomi bilan atalgan:

Manbalar tahrir

  1. „ДАЛЬ Сергей Константинович (1904—1982)“. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-noyabr.
  2. „Подвиг народа“. 2010-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-sentyabr.
  3. „Darevskia dahli“. 2018-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-sentyabr.

Tashqi havolalar tahrir