Sergey Vladimirovich Kot ( 1960-yil 7-yanvar) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, yadro uloqtirish va disk uloqtirish bo‘yicha ixtisoslashgan. XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, ikki karra Osiyo chempionati sovrindori, Markaziy Osiyo o‘yinlari g‘olibi.

Sergey Vladimirovich Kot
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 7-yanvar 1960-yil (1960-01-07) (64 yosh)
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi
Sport mukofotlari
Osio chempionati
Kumush Manila 1993 disk
Bronza Manila 1993 yadro
Markaziy Osiyo o‘yinlari
Oltin Dushanba 2003 yadro

Sport faoliyati tahrir

1979-yilda o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Sergey disk uloqtirish bo‘yicha  55,44 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ladi. 1985-yilda Bokudagi (Ozarbayjon SSR)  Butunittifoq musobaqalarida yadro uloqtirish bo‘yicha birinchi o‘ringa munosib ko‘riladi. 1986-yilda Kiyevda (Ukraina SSR) o‘tkazilgan tanlovda g‘alabaga erishadi va Bokuda ikkinchi o‘rinni egallaydi. 1987-yilda Sergky Kot Novosibirskda (RSFSR) bo‘lib o‘tgan musobaqada yutib chiqadi va kelasi yil Olmaotada (Qozog‘iston SSR) birinchi o‘rinni, ammo u Odessada bor-yo‘g‘i uchinchi o‘rinni tutadi.

Sergey 1993-yilda Maniladagi (Filippin) yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yadro uloqtirish bahslarida 17,85 metr natija qayd etib bronza, disk uloqtirishda 54,90 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritadi[1]. Biroq Shtutgartda (Germaniya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida u muvaffaqiyatsiz ishtirok etadi va saralash bosqichida 18,22 metr natija bilan bor-yo‘g‘i 11-o‘rinni egallaydi [2] .

1994-yilda Xirosimadagi (Yaponiya) Yozgi Osiyo o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha musobaqasida to‘rtinchi o‘ringa chiqadi[3] . 1995-yilda Toshkentda ikkinchi o‘rin, Gyoteburgda (Shvesiya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yana unga omad kulib boqmaydi[4]. 1996-yilda Atlanta (AQSH) Yozgi Olimpiada o‘yinlarida u saralash bosqichida 16,51 metr masofaga yo‘naltiradi, ammo bu musobaqaning finalga chiqish uchun yetarli emas edi[5] .

1998-yilda Bangkokdagi (Tailand) yozgi Osiyo o‘yinlarida u 17,91 metr natija bilan atigi beshinchi o‘rinni tutadi[6]. 2003-yilda Dushanbadagi (Tojikiston) Markaziy Osiyo o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni olishga muvaffaq bo‘ladi [7] .

2007-yilda Sergey Kot oilasi bilan Truymyasto (Polsha) ko‘chib o‘tadi. Uning qizi Oksana ham yengil atletika bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib keladi[8] .

Manbalar tahrir

  1. „Asian Championships“. www.gbrathletics.com. 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  2. „Past Results“. web.archive.org (2004-yil 12-dekabr). 2004-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  3. „Athletics“. web.archive.org (1997-yil 4-avgust). 1997-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  4. „Men Shot Put Athletics V World Championship 1995 Goteborg, Sweden - Wednesday 09.08 - Gold Medal: John Godina, United States“. www.todor66.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  5. „Olympic Games 1996 Atlanta Athletics“. web.archive.org (2007-yil 30-sentyabr). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  6. „ATHLETICS ASIAN GAMES“. www.todor66.com. 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  7. „Olympic Council of Asia : Games“. web.archive.org (2014-yil 27-fevral). 2014-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  8. „Oksana KOT | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.