Shahzodjon Neʼmatjonov
Shahzodjon Neʼmatjonov (2003-yil 6-avgustda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Metallurg“ klubi va Oʻzbekiston U20 futbol terma jamoasi hujumchisi[1][2].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Shahzodjon Neʼmatjonov | ||
Tavallud sanasi | 6-avgust 2003-yil | ||
Tavallud joyi | Bekobod Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1,82 sm | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Metallurg Bekobod | ||
Raqami | 25 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2020—2022 | Metallurg U 21 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2022— | Metallurg Bekobod | 17 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2022—2023 | Oʻzbekiston U20 | 6 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati tahrir
Shahzodjon Neʼmatjonov 2003-yil 6-avgustda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tugʻilgan. U „Metallurg“ futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2022-yilgacha „Metallurg“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qilgan[3]. Shahzodjon Neʼmatjonovning transfermarktdagi narxi 150 ming yevroni tashkil etadi (2023-yilgi maʼlumot).
Metallurg safida tahrir
Shahzodjon Neʼmatjonov 2022-yilgacha „Metallurg“ klubi oʻrinbosarlar tarkibida harakat qildi. 2020-yilgi mavsumda oʻrinbosarlar jamoasi tarkibida raqiblar darvozasiga 7 ta gol urdi va jamoa bilan birgalikda Oʻzbekiston yoshlar birinchiligi chempioni boʻldi. 2021-yildan eʼtiboran „Metallurg“ futbol klubining asosiy tarkibiga jalb etib kelinmoqda. 2022-yilgi mavsumda Superliga musobaqasida asosiy tarkibning 10 ta uchrashuvida maydonga tushgan. Oʻsha mavsum oʻrinbosarlar tarkibida 16 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 13 ta gol kiritdi.
Terma jamoadagi faoliyati tahrir
Neʼmatjonov Shahzodjon Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2022-yil 26-fevralida AGMK futbol klubiga qarshi oʻyinda amalga oshirgan[4][5][6].
Faoliyatidagi statistikasi tahrir
Klub safidagi statistikasi tahrir
Klub safida musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar statistikasi | |||||||||||||
Klub | Mavsum | Oʻzbekiston Superligasi | Oʻzbekiston Kubogi | Yoshlar birinchiligi | Boshqa | Umumiy | |||||||
Chempionat | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | |||
Metallurg | |||||||||||||
2022-yil | Superliga | 10 | 0 | 3 | 0 | 16 | 13 | — | 29 | 13 | |||
Oʻzbekiston milliy terma jamoasida | ||
Yil | Oʻyinlar | Gollar |
2022-yil | 4 | 3 |
2023-yil | 7 | 3 |
Jami | 11 | 6 |
Yutuqlari tahrir
Metallurg FK
- Oʻzbekiston U-21 chempionati gʻolibi 2020-yil[3]
Manbalar tahrir
- ↑ „U-20 JCH. O'z kuni kelishini kutgan va futbol uchun darsdan qochgan O'zbekistonning yangi qahramoni haqida hikoya qilamiz“. 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „Ўзбекистонни гуруҳдан олиб чиққан Неъматжонов Месси олган совринга даъвогар!“. 2023-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 „U-21 Birinchiligi. "Metallurg" yoshlari – O'zbekiston chempioni!“. 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „U-20 Jahon chempionati. Nematjonov dublga erishgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi“. 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „U-20 JCH. To'purarlar ro'yxati“. 2023-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „U-20 жамоамиз сафида мундиалда энг яхши ўйин кўрсатган ким? (ТОП 5)“. 2023-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
Havolalar tahrir
- Transfermarkt.world Transfermarkt saytida futbolchi profili