Shakl almashtiruvchi
Shakl almashtiruvchi yoki shakl almashtirish turli xalqlar an'analarida turlicha qaraladigan holat bo'lib, afsona va xalq og'zaki ijodida tez-tez ko'zga tashlanib turadi. Mifologiyada shaklni almashtirish - bu tabiatan g'ayritabiiy qobiliyat, ilohiy aralashuv, iblislarning manipulyatsiyasi, jodugarlik, sehr yoki avloddan avlodga o'tadigan gen natijasida o'z-o'zini jismonan o'zgartira olish qobiliyatidir. Shakl almashtirish tushunchasi totemizm va shamanizmning eng qadimgi shakllarida, shuningdek tarixning oltin adabiyotlari: "Gilgamesh" va "Iliada" kabi epik dostonlarda uchraydi. Zamonaviy kontsepsiyada esa bu tushuncha fantaziya, bolalar adabiyoti va ommaviy madaniyat vositasi bo'lib qolmoqda.
![Volganing baliqqa aylanishi](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/32/Ivan_Bilibin_110.jpg/220px-Ivan_Bilibin_110.jpg)
![Yo'lbars-odam](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c2/Weretiger.jpg/218px-Weretiger.jpg)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |