Sharif Yusupov — (1928, Toshkent — 2010, Toshkent), adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1990), professor.

Sharif Yusupov
Tavalludi 1928-yil
Toshkent
Vafoti 2010-yil
Toshkent
Mukofotlari

«Shuhrat» medali (1994)

«El-yurt hurmati uchun ordeni» (1999)

Faoliyati

tahrir

Toshkent davlat universitetini tugatgan (1951), bir necha yillar mobaynida matbuot nashrlarida, soʻngra qirq yildan ziyod Toshkent Davlat Universiteti (Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻzbek filologiyasi fakultetida dars bergan. Uning „Furqat yoʻllarida“ (1984), „Xudoyorxon va Furqat“ (1994), „Xufiya qatlamlar“ (1998), „Sanʼat va hayrat“ (2000), „Tarix va adab boʻstoni“ (2003), „Tarix ummoni sirlari“ (2008) kabi kitoblari chop etilgan. R.Tagor, M.Gorkiy, Y.Fuchik, A.Chaykovskiy, M.Rusuliy asarlaridan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari

tahrir

„Shuhrat“ medali (1994), „El-yurt hurmati ordeni“ (1999) bilan taqdirlangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 136 bet.