Shayx Ismoil Maxdum (1893-yil Namangan shahri1976-yil 22-yanvar Toshkent)

Shayx Ismoil Maxdum
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1893-yil
Namangan shahri
Vafoti 1976-yil 22-yanvar
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Dini Islom
Dafn etilgan joyi Mavlono qabristoni

Biografiyasi tahrir

Shayx Ismoil Maxdum 1893-yil Namangan shahrida diniy oilada tugʻilgan. Ismoil Maxdum ikkinchi farzand boʻlgan. Akasi Ibrohim Maxdum va ukasi Ishoq Maxdumlar ilm sohiblari bo‘lish bilan birga murattab qoriy sifatida O‘zbekistonning masjidlarida imom-xatiblik vazifasida xizmat qilishgan. Ismoil Maxdum boshlang‘ich taʼlimni o‘z otasi va diniy maktabda oldi.

1943-yili O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasini tashkil qilishda, masjidlar ochishda Ismoil Maxdum faol qatnashdi. 1943-yilda diniy idoraning birinchi raislari muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiliklaridagi birinchi haj safariga borgan. Namangan shahrida eʼtiborga molik bo‘lgan ushbu masjidda Shayx Ismoil Mahdum O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari vazifasiga tayinlanish davrigacha salohiyatli imomlar qatorida xizmat qilgan.

Shayx Ismoil Maxdumning musulmonlar hayotiga oid diniy dolzarb masalalarni hal etish va fatvolar ishlab chiqishdagi xizmatlari ham katta bo‘lgan. Ko‘p masalalarni kitob ko‘rmay, o‘z o‘rnida hal qilib berardilar. „Sovet sharqi musulmonlari“ jurnalining taʼsis etilishida jonkuyarlardan biri bo‘lish bilan birga, jurnal sahifalarida u kishining tafsir, hadis va fiqhga oid maqolalari muntazam bosilib turar edi. Shayx Ismoil Maxdum 6 marta hojilarga bosh bo‘lib, muborak haj safarini ado etganlar[1].

Shayx Ismoil Maxdum 1976-yil 22-yanvarda Toshkentda vafot etgan[2]. Namangan shahridagi Mavlono qabristoniga dafn etilgan.

Oilasi tahrir

Oilali, 5 o‘g‘il va 3 qiz farzandi bor.

Manbalar tahrir

  1. „Шайх Исмоил Махдум“ (qadriyat.uz). 2016-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  2. „SHAYX ISMOIL MAXDUM (1893—1976)“ (ziyouz.com). 2016-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.