Sheroz (Samarqand)

Samarqand yaqinidagi qishloq

Sheroz — Samarqand shahridan sharqda (hozirgi Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani hududi) joylashgan qishloq.

Tarixi tahrir

Sheroz qishlogʻi XIV asr oxirida Amir Temur tomonidan asos solinib, Erondagi mashhur shahar Sheroz sharafiga qoʻyilgan[1]. 1405-yil mart oyida Sheroz qishlogʻida Amir Temur vasiyatini buzgan samarqandlik mansabdorlar tomonidan taxt vorisi sifatida Xalil Sulton kutib olinadi[2]. Aynan mana shu qishloqda 1409-yil 30-martida Xalil Sulton sarkarda Xudoydod Husayniy tomonidan asirga olingan[3].

1451-yil 10-iyunda Sheroz qishlogʻi yaqinidagi Qatvon dashtida temuriylar Abu Said va Abdullo Mirzo oʻrtasida taxt uchun kurash boʻlib oʻtib, jangda Abdullo Mirzo magʻlubiyatga uchraydi va Abu Said buyrugʻiga koʻra qatl etiladi[4].

Manbalar tahrir

  1. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 62
  2. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 76
  3. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 88
  4. Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 164

Adabiyotlar tahrir