Sirojiddin Rahmatullayev (futbolchi, 1993)

Oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi.

Vikipediyada Sirojiddin Rahmatullayev ismli boshqa kishilar haqida ham maqolalar bor.

Sirojiddin Rahmatullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sirojiddin Rahmatullayev
Tavallud sanasi 22-yanvar 1993-yil (1993-01-22) (31 yosh)
Tavallud joyi Qashqadaryo Oʻzbekiston
Boʻyi 177 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2012 Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2016 Mashʼal 25 (0)
2016—2017 Armed Forces F.C. 25 (0)
2018—2019 Shoʻrtan 35 (2)
2020 Mashʼal 18 (0)
2020—2021 Saif Sporting Club 21 (-0)
2021—2023 Mashʼal 25 (0)
2023— Kelantan United 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sirojiddin Rahmatullayev (ruscha: Рахматуллаев Сирожиддин; 22-yanvar 1993-yil, Qashqadaryo, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Malayziya Superligasida ishtirok etuvchi „Kelantan United F. C.“ jamoasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati tahrir

Sirojiddin futbolchilik faoliyatini Muborakning „Mash’al“ klubida 2012-yilda boshlagan. 2013-yildan asosiy jamoa tarkibida muntazam maydongga tusha boshlagan. 2016-yilgi mavsum, yozgi transfer oynasi vaqtida Malayziyaning „ATM“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida Malayziya Superligasi va Premyer-ligasida oʻynagan[1]. 2018-yilgi mavsumda Qashqadaryo viloyatining boshqa jamoasi, Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi safida oʻynagan[2]. 2020-yilgi mavsumda yana Muborak jamoasiga qaytdi yarim mavsum davomida „Mash’al“ klubida oʻynagan[3]. 2020-yil yoz oyida Bangladeshning „Saif Sporting Club“ klubi safiga oʻtgan[4][5][6] va dastlabki mavsumidayoq Bangladesh Federatsiya Kubogi finaligacha yetib bordi va ikkinchi oʻrinni oldi. 2021-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida „Mash’al“ klubiga qaytdi[7] va 2023-yilgacha Muborak jamoasida oʻynagan[8]. 2023-yil yozgi transfer oynasida Malayziyaning „Saif Sporting Club“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[9].

Yutuqlar tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir