Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro turnirlarda Slovakiya sharafini himoya qiladi[1].
|
Tarixi tahrir
Chexoslovakiya tahrir
Slovakiya ayollar futbol terma jamoasi 1968-yilda Chexoslovakiya ayollar terma jamoasi tarkibida Italiya milliy ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan va oʻsha oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Keyinchalik, Slovakiya ayollar futbol terma jamoasi Chexoslovakiya ayollar futbolida asosiy kuchga aylandi va birinchi marta 1989-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralashida (jamoa uchun ilk xalqaro turnir edi) ishtirok etdi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va chorak finalga chiqdi va u yerda Gʻarbiy Germaniya ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyinda (1-1 uy, 0-2 safarda) magʻlub boʻldi. Chexoslovakiya ayollar terma jamoasi 1991-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralashida ham ishtirok etgan. Ular guruh bosqichida Vengriya terma jamosidan bir ochko ortda qolib, pley-off bosqichiga yo‘l olishdi, lekin baribir yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi[2].
Slovakiya tahrir
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Slovakiya nomi ostida 1993-yil 21-iyunda Chexiya ayollar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. Lekin ilk oʻyinida Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 0:6 hisobida magʻlub boʻldi.
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1995-yilgi Yevropa ayollar chempionatida Slovakiya nomi bilan maydonga tushdi, lekin unda ham UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma ola olmadi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 1997-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari guruh bosqichida oxirgi oʻrinni egalladi va B toifasiga tushib ketdi.
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007-yilgi ayollar futboli boʻyicha Jahon chempionatiga saralash bosqichigachada qatnashgunga qadar 10 yil davomida B toifasida qoldi. 2009-yilgi Yevropa ayollar chempionati saralash bosqichida Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻllanma uchun ilk bor juda yaxshi imkoniyatga ega boʻldi. Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi davra uchrashuvlarining deyarli barchasida gʻalaba qozindi, ikkinchi tur (davra) oʻyinlarida Slovakiya Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasiga magʻlub boʻldi[3][4].
Jamoa tasviri tahrir
Jamoa laqabi tahrir
Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi „Repre[5]“ va" Slovenskí sokoli (Slovakiya lochinlari)[6]" nomlari bilan tanilgan.
Murabbiylar shtabi tahrir
Hozirgi murabbiylar shtabi tahrir
Lavozim | Ism | Man. |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Peter Kopún |
Bosh murabbiylar tarixi tahrir
- Peter Kopún (?-hozirga qadar)
Oʻyinchilar tahrir
Hozirgi tarkib tahrir
- 2021-yil 30-noyabr kuni Shvetsiya ayollar terma jamoasiga qarshi o‘yinda quyidagi futbolchilar Slovakiya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.
- Oʻtkazgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 10-iyun holatiga koʻra berilgan.
Jamoaning xalqaro musobaqalardagi natijalari tahrirFIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tahrir
UEFA ayollar chempionati tahrir
Yana qarang tahrirManbalar tahrir
Havolalar tahrir |