Sobiya (arabcha: سوبيا ‎ — Saudiya Arabistonida[1] ning Hijoz mintaqasida va Misrda mashhur yaxna ichimlik. Sobiya odatda Saudiya Arabistonida non, arpa yoki suli[2] dan, Misrda esa sut mahsulotlaridan tayyorlanadi. Ramazon oyida isteʼmol qilish uchun katta hajmda tayyorlanadi[3][4][5].

Ishlab chiqarish tahrir

Sobiya siropi arpa, quruq non, suli yoki mayizdan tayyorlanadi, filtrlangandan soʻng unga shakar, kardamon va dolchin teng miqdorda qoʻshib aralashtiriladi, soʻngra sovuq holatga keltirish uchun muz boʻlakalari solinadi.

U bir nechta rangda boʻladi: arpa qoʻshilgani- oq rangda, qulupnay taʼmlisi uchun qizil, tamarind solingani esa jigarrang. Tayyor ichimlikni ikki yoki uch kun ichida ichish tavsiya etiladi, chunki bundan keyin u ozuqaviy qiymatini yoʻqotadi. Odatda tetiklantiruvchi ichimlik hisoblanadi. Misrda sut va vanil asosida tayyorlaniladi usullari keng tarqalgan[6].

Spirtli ichimliklar va fermentatsiya tahrir

Saudiya Arabistoninig oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlari ustidan nazorat boshqarmasi bu ichimlikda etanolning (spirtli ichimliklar) kichik foizi mavjudligini koʻrsatdi. Bu esa sharbatlar va ichimliklarga shakar qoʻshilganida oʻz-oʻzini fermentatsiyalash jarayonidan kelib chiqadigan, tabiiy kimyoviy reaksiyadir[7].

Sobia 2 kundan ortiq saqlansa, fermentativ hisoblanadi. Sirop namunalarida mast qiluvchi etil spirti ulushini aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazildi, bu 24 soatdan keyin 2,3 % ga yetdi. 48 soatdan keyin 4,2 % gacha koʻtarildi, 6,8 % ga yetguncha esa 72 soat vaqt talab etildi[8].

Manbalar tahrir

  1. „Cобия – традиционный квас из Хиджаза к рамадану“ (ru). islamnews.ru. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  2. „Кухня Мекки и ее ароматы“ (ru). www.visitsaudi.com. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  3. admin3739. „Египет: Собия“ (en-US). Кулинарные рецепты - лучшие рецепты легкой еды!. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  4. „Орган по Египетскому туризму - Угощения и сладости“. egypt.travel. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  5. „Sobia: A thirst-quenching Ramadan drink“ (en). Arab News (2011-yil 10-avgust). Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  6. Laurie Liagre. „Sobia“ (en-US). 196 flavors (2020-yil 6-mart). Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  7. „السعودية.. الهيئة العامة للغذاء والدواء توضح حقيقة وجود كحول في مشروب السوبيا“ (ar). RT Arabic. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
  8. „حتى لاتكون «السوبيا» مسكرة“ (ar). Okaz (2007-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 2-may.