Sotqin — Andijonda 2005-yilning 13-may roʻy bergan terorchilar hujumining 10 yillik sanasi arafasida oʻzbek kinochilari tomonidan ishlangan badiiy film[1]. Film rejissori Rustam Saʼdiyev

Sotqin
Rejissyor(lar) Rustam Saʼdiyev
Prodyuser(lar) Shukur Xoʻjayev
Ssenariynavis(lar) Rixsivoy Muhammadjonov
Rollarda
Bastakor(lar) Doniyor Aʼzamov
Kinematografiya Abduvohid Gʻaniyev
Studiya(lar) Oʻzbek film kinostudiyasi
Chiqarilgan sanasi 2015
Davomiyligi 145 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Mazmuni tahrir

Bosh qahramon Sarvar Bahromov ismli talaba yigit Andijonda asosan jinoiy ta‘sirga ega boʻlgan otasi va akasining mavjud tuzumni agʻdarishga qaratilgan fitna rejalaridan xabar topgach, ularga qarshilik koʻrsatishga harakat qiladi. Ammo Sarvar jihod yoʻlini tanlagan ota va akaning mutaassibona harakatlarini toʻxtatishga ojizlik qiladi va film soʻnggida oʻzi ham jihodchi akasi tomonidan oʻldiriladi. Qarashlari mustaqillik mafkurasi bilan yoʻgʻrilgan va dunyoviylik tarafdori boʻlgan Sarvar diniy ekstremizm ta‘siriga tushgan yaqinlarining xatti-harakatlari Andijonda qanday insoniy fojialarni keltirib chiqarganiga guvoh boʻladi. Diniy ekstremizm gʻoyalarini yoygan va Andijonda mavjud hokimiyatga qarshi harakatlarni moliyalagan xorijlik ekstremistik targʻibotchi — Hafizulloh Omon obrazi filmning markaziy rollaridan biri hisoblanadi.

Fikrlar tahrir

"Biz filmda Andijon voqealarining elementlaridan foydalanganmiz, ammo uni to‘la Andijon voqealariga bag‘ishlangan, deb aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi", - Film rejissyor.

"Bu urushlar, voqealarning stsenariysiga qarasangiz, hammasi bir-biriga o‘xshash. Biz ushbu film orqali jamiyatimizni ogohlikka chaqirishni maqsad qilganmiz", - Rustam Sa‘diyev

"Filmda Akromjon Yo‘ldoshevning "Islomga yo‘l" risolasining yirtib tashlanishi, mahbuslar yaqinlarining qamoqdagilarni qutqarish uchun qamoqxonaga bostirib kirishlari singari epizodlarni tasodif deb bo‘lmaydi", - Andijon qirg‘ini shohidi

Film ijodkorlari tahrir

  • Bosh rol ijrochisi Sarvar Bahromov — Farruh Soipov
  • Sarvar Bahromovning Akasi — Javohir Zokirov
  • Sarvar Bahromovning Otasi — Matyoqub Matchonov
  • Sarvar Bahromovning Onasi — Sayyora Yunusova
  • Sarvar Bahromovning Opasi — Rayhon Ulasenova
  • MXX xodimi — Ulugʻbek Qodirov
  • Teror targʻibotchisi — Ubaydullo Omon

Ishlab chiqarish tahrir

Sotqin filmi Andijon shahrida suratga olingan boʻlib, Unda 2005-yilning 13-may kuni vodiyda boʻlib oʻtgan terror harakatlarini yoritib berilgan. Ushbu film uchun tanlaangan obrazlar aynan Andijon voqealarida hukumatni egallashga urungan prototiplar bilan oʻxshaydi va qahramonlar uchun tanlangan nomlar ham namoyish tashkilotchilarining ismlariga oʻxshash boʻlishiga qaramay lekin film rejissori Rustam Saʼdiyev ushbu film andijon voqealariga bagʻishlanganligni rad etgan[2]. Rejissor film haqida gapirganida „Sotqin“ filmi oʻzbek kinochilarining Suriya, Iroq va Ukraina kabi davlatlaridagi urushlar, notinchliklarga munosabati ekanligni aytgan edi.

Manbalar tahrir