Stanisław Jozef Albinowski (1923-yil 20-iyul, Lvov – 2005-yil 25-yanvar, Varshava) — polshalik iqtisodchi, sharhlovchi va iqtisod boʻyicha jurnalist[1].

U Polshaning Lvov shahrida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi paytida u fashistlar tomonidan bosib olingan Polsha (1940—1943) va Litvada (Klaypeda, 1944) nemis kompaniyalarida majburiy ishchi boʻlib ishlagan

1960-yilda Varshava universitetining (Wydzial Ekonomii Politycznej Uniwersystetu Warszawskiego) siyosiy iqtisod fakultetini iqtisod mutaxasisligi boʻyicha tamomlagan.

U 1952—1980-yillarda koʻplab Polsha gazetalarida jurnalist, Germaniyaning Bonn shahrida (1968—1972) muxbir boʻlib faoliyatini davom ettirgan.

Hukumat mutaxassisi sifatida tahrir

Stanisław Albinowski, shuningdek, 1980-yillarda Polshadagi iqtisodiy inqiroz bilan qanday kurashish boʻyicha hisobotlar ustida ishlaydigan hukumat ekspertlar guruhi tarkibida edi va ularni hisobotlari nashrida ham ishtirok etdi: Iqtisodiyot toʻgʻrisidagi hisobot (Raport o stanie gospodarki) va Inqirozni bartaraf etish dasturi, (Program przezwyciężenia kryzysu) (1981-yil) shular jumlasidandir

Nashrlar tahrir

Gazeta va jurnallar tahrir

U faoliyati davomida Polshaning eng yirik gazeta va jurnallarida sharhlovchi va jurnalist boʻlgan, jumladan:

 

Kitoblari tahrir

  • EWG a rynek światowy, 1965 (EEC va jahon bozori, polyak tilida nashr etilgan, ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan)
  • Handel między krajami o różnych ustrojach. Po II wojnie światowej va prognozi 1980 r. , 1968 (Turli konstitutsiyalarga ega mamlakatlar oʻrtasidagi savdo. Ikkinchi jahon urushidan keyin va 1980-yilgacha boʻlgan prognozlar)
  • Muellerowie na codzień, 1979 (Myullerlar kundalik hayotda)
  • Signal dla gospodarki trwa, 1982 (Iqtisodiyot uchun signal)
  • Navigatorzy gospodarki i inne polemiki, 1987 (Iqtisodiyot va boshqa polemikalarning navigatorlari)
  • Pułapka energetyczna gospodarki polskiej, 1988 (Polsha iqtisodiyotining energetik tuzogʻi)
  • Bogactwo i nędza narodów, Dom Wydawniczy Elipsa, Varshava 1996 (Xalqlarning boyligi va qashshoqligi)

Mukofotlar tahrir

  • 1967-yil va 1974-yillarda Nagroda Klubu Publicystów Międzynarodowych SDP (Polsha Jurnalistlar Uyushmasi Xalqaro Kolumnistlar Klubi mukofoti)
  • 1974-yil — Nagroda Prezesa RSW Prasa-Książka-Ruch (Ruch Prezidenti Prasa-Ksiazka-Ruch mukofoti /Polsha matbuot noshirlari va distribyutorlari)
  • 1974-yil — I Nagroda Klubu Publicystów Ekonomicznych SDP (Polsha Jurnalistlari Assotsiatsiyasi Iqtisodiy kolumnistlar klubining 1-mukofoti)
  • Krzyż Oficerski OOP
  • Zloty Krzyż Zaslugi

Manbalar tahrir