Stefan Horngacher — (1969-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) avstriyalik changʻidan sakrash boʻyicha murabbiy va sobiq changʻidan sakrash sportchisidir. 2019-yilning aprelidan Germaniya terma jamoasiga ustozlik qilmoqda.

Stefan Horngacher

Horngacher 2000-yilgi musobaqalarda
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Avstriya
Tavallud sanasi 20-sentyabr 1969-yil (1969-09-20) (54 yosh)
Wörgl, Avstriya
Sport
Qaysi sport (qaysi sport turi)
Klubi (qaysi klub)

Faoliyati tahrir

Horngacher 1994-yil va 1998-yillarda Qishki Olimpiada oʻyinlarida jamoaviy bahslarda katta tepaligida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u 2002-yilda Solt-Leyk-Siti shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan va uning eng yaxshi marrasi jamoaviy yirik tepalik musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egallagani boʻlgan. 1991-yilda changʻidan sakrash boʻyicha jahon chempionatida jamoaviy yirik tepalik musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan va keyingi oʻn yil ichida uchta bronza bilan (1993-yil, 1999-yil va 2001-yil) kifoyalangan; 2001-yilgi oddiy tepalik musobaqasida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Sportni tark etgach, u changʻidan sakrash boʻyicha murabbiy boʻlgan va 2016-yildan buyon Polsha terma jamoasini boshqarib keladi[1].

2016—2017-yilgi Toʻrt tepalik turniri, oltin va kumush

XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionati 2017-yil -Jamoaviy katta tepalikda oltin medali,

Polshada 2017-yilning eng yaxshi murabbiyi deb eʼtirof etilgan[2],

2017—2018-yil Toʻrt tepalik turnirida oltin medali va toʻrtta ketma-ket gʻalabaga erishgan.

2019-yilning aprel oyidan beri u Verner Shusterdan keyin Germaniya terma jamoasini boshqarib keladi.

Jahon chempionati tahrir

Horngacherning XCHF changʻidan sakrash Jahon chempionatlaridag eng yuqori koʻrssatkichi 1990—1991-yilgi shilomiy turnirdagi kumush medali hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki yillaridagi formasini saqlab qola olmaganligi tufayli raqimlariga nisbaqat balllarda ancha ortda qolishni boshlagan.

Turnir jadvali tahrir

Mavsum Umumiy natijalar 4H SF NT JP
1987—1988-yil 127 Yoʻq Yoʻq Yoʻq
1988—1989-yil 96 Yoʻq Yoʻq Yoʻq
1989—1990-yil 60 Yoʻq Yoʻq Yoʻq
1990—1991-yil 4 5   Yoʻq Yoʻq
1991—1992-yil 29 45 Yoʻq Yoʻq
1992—1993-yil 8 14 Yoʻq Yoʻq
1993—1994-yil 20 36 Yoʻq Yoʻq
1995—1996-yil 35 40 32 Yoʻq 34
1996—1997-yil 35 22 32 47 34
1997—1998-yil 13 8 28 18 12
1998—1999-yil 8 7 14 4 7
1999—2000-yil 9 11 18 20 9
2000—2001-yil 8 5 12 6 Yoʻq
2001—2002-yil 12 12 Yoʻq 12 Yoʻq

Yutuqlar tahrir

Tartib raqami Mavsum Sana Manzil Tepalik Hajmi
1 1990—1991-yil 1991-yil 24-fevral   Tauplitz/Bad Mitterndorf Kulm K185 FH
2 1998—1999-yil 1999-yil 16-yanvar    Zakopane Wielka Krokiew K116 LH

Manbalar tahrir