Stepan Melikovich Atoyan (armancha: Աթոյան Ստեփան; 1966-yil 13-iyulda Bokuda tugʻilgan) — sovet, oʻzbek va yunon futbolchisi. Hozir murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.

Stepan Atoyan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stepan Melikovich Atoyan
Tavallud sanasi 13-iyul 1966-yil (1966-07-13) (57 yosh)
Tavallud joyi Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR
Boʻyi 173 cm (5 ft 8 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1976–1984 Sovet Ittifoqi Neftchi (Boku)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989-1991 Sovet Ittifoqi Köpetdag Aşgabat 93 (6)
1991 Sovet Ittifoqi Soʻgʻdiyona 8 (0)
1992 Oʻzbekiston Temiryoʻlchi 25 (3)
1993—1995 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 73 (14)
1995—1996 Gretsiya Proodeftiki 28 (1)
1996   Gretsiya Provitan 0 (0)
1996—1997 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 40 (20)
1997—1999 Gretsiya Proodeftiki 17 (4)
1999—2000   Gretsiya Xalkidona 7 (1)
2000 Gretsiya Atromitos 8 (0)
Milliy terma jamoa
1995—1996 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 9 (0)
Boshqargan klublari
2001—2002 Gretsiya Akademiya (U-13 dan U-19 gacha)
2003—2004 Gretsiya Kopa Renti
2004—2005 Gretsiya Fostiras
2011—2012 Gretsiya Kaliteya
2012—2013 Gretsiya Proodeftiki
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Klublarda tahrir

Bokuning „Neftchi“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 1989-yildan 1991-yilgacha Ashxobodning „Kopetdogʻ“ jamoasida oʻynab, 93 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1991-yil oʻrtalarida Jizzaxning "Soʻgʻdiyona" klubiga koʻchib oʻtgan va yarim mavsum shu klubda oʻynagan.

SSSR parchalanganidan soʻng mustaqil Oʻzbekistonda qoldi va 1992-yil boshida Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va bu jamoada bir mavsumda 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1993-yilgi mavsum boshida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 1995-yilning oʻrtalariga qadar ushbu jamoada oʻynagan. Bu vaqt ichida jamoa yetakchilaridan biriga aylandi va ushbu mavsumlarda 73 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urishga erishdi. 1995-yil oʻrtalarida Gretsiyaning „Proodeftiki“ jamoasiga oʻtdi va bir yarim mavsum shu klubda oʻynadi.[2] 1996-yilda bir muncha vaqt Gretsiyaning boshqa „Provitan“ klubi aʼzosi boʻlgan. 1996-yil oʻrtalarida Fargʻonaning "Neftchi" jamoasiga qaytdi va 1997-yilning oʻrtalariga qadar bu jamoada 40 ta oʻyin oʻtkazib, 20 ta gol urgan[1]. 1997-yil oʻrtalarida yana „Proodeftiki“ jamoasiga oʻtgan va 1999-yil oʻrtalariga qadar ushbu Gretsiya klubida oʻynagan. 1999-yil oʻrtalaridan 2000-yil oxirigacha Gretsiya klublarida oʻynagan: „Xalkidona“ va „Atromitos“, u yerda futbolchi sifatida professional faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoada tahrir

1995—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Atoyan milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini 1995-yil 18-iyulda Malayziyaning „Merdeka“ kubogida Vengriya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Stepan Atoyan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida jami 9 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, shulardan uchtasini 1996-yili BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogida oʻtkazgan.[2]

Murabbiy sifatida tahrir

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, Atoyan Gretsiyada qolib, murabbiylik faoliyatini boshlagan. OFKning murabbiylik diplomi, B toifali murabbiylik diplomi va UEFA litsenziyasini olgan. Gretsiya futbol akademiyasida murabbiylik faoliyatini boshlagan va 13 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jamoalariga ustozlik qilgan. Keyinchalik turli ligalarda oʻynaydigan turli Gretsiya klublariga murabbiylik qilgan.

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy tahrir

„Temiryoʻlchi“

„Neftchi“ (Fargʻona)

  • Oʻzbekiston chempioni: 1993, 1994, 1995
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1996
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994, 1996

Shaxsiy tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Статистика греческой лиги 1998/1999“. 5-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2015-yil.
  2. „Статистика Кубка Азии 1996“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2015-yil.

Havolalar tahrir