Stepnogorsk — (qoz. Степногорск) Qozogʻiston Respublikasi Oqmoʻla viloyatidagi shahar (1964). Viloyat markazi – Koʻkshetau shahrining janubi-sharqiy tomonida 220 km masofada, Sariarqaning shimoliy qismida, Oqsuv daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharga 1959-yil asos solingan. Shahar aholisi 59,455 kishi (2012). Stepnogorskning shimoli-gʻarbidan Yereymentau – Zaozerniy temir yoʻli va Yereymentau – Makinsk avtomabil yoʻllari oʻtadi.[6]

Stepnogorsk
qoz. Степногорск
shahar
52°20′49″N 71°52′54″E / 52.34694°N 71.88167°E / 52.34694; 71.88167 G OKoordinatalari: 52°20′49″N 71°52′54″E / 52.34694°N 71.88167°E / 52.34694; 71.88167 G O
Mamlakat Qozogʻiston
shahar Oqmoʻla viloyati
Hukumat
 • Akim Takambayev Muratbek Shamilovich
Asos solingan 1959
Qachondan beri shahar 1964
Aholisi
 (2012)
46,401 [1]
Milliy tarkib ruslar (50,32 %)
qozoqlar (34,48 %)
ukrainlar (5,31 %)
olmonlar (3,39 %)
tatarlar (2,21 %)
belaruslar (1,31 %)
polyaklar (0,43 %)[2][3]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71645[4]
Pochta indeks(lar)i 021500—021501[5]
Avtomobil kodi C, 03
Stepnogorsk xaritada
Stepnogorsk xaritada

Aholisi tahrir

Shahar aholisi 1999-yil 47,372 kishini tashkil qildi. 2012-yilgi statistika boʻyicha 46,401 kishini, atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda 59,455 kishini tashkil qildi.

Hududiy boʻlinishi tahrir

Oqsuv, Bestoʻbe, Zavodskoy, Shantoʻbe, Qorabuloq

Sanoati tahrir

Stepnogorskda kimyo, mashina ishlab chiqarish, mikrobiologiya, oziq-ovqat, qurulish materiallari korxonalari, energetika sohasi yaxshi rivojlangan. Asosiy korxonalari: kimyo kombinati, taʼmirlash-mexanika zavodi, “Progress” AJ, “Stepnogorsk podshipnik zavodi” AJ, uy-joy qurulish kombinati, temir-beton zavodi, sut-konserva, oziq-ovqat kombinatlari, “Biomedpreparat” ilmiy-sanoat kombinati va boshqalar.

Ijtimoiy soha tahrir

Shaharda 9 ta aloqa boʻlimi, telefon stansiyasi, 7 ta kasalxona, 9 ta shifoxona, 7 dorixona, zamonaviy uslubdagi 1000 kishiga moʻljallangan kasalxona aholiga xizmat qilmoqda. Maktabgacha boʻlgan 38 ta bolalar mahkamasi, umumiy bilim beruvchi 13 maktab, kasb-hunar gimnaziya, 2 kasbi-texnik maktab, hududiy kollej, madaniyat uyi, 9 klub, 12 kutubxona, 2 kinoteatr, 2 sport kompleksi, stadion, 4 changʻi bazasi va boshqalar bor.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir