Sultan Zamonov (tojikcha: Султан Замонов; 1905-yil, Buxoro amirligi — 1992-yil, Dushanbe) — Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasida partiya va davlat arbobi, Stalinobod tuman ijroiya qoʻmitasi raisi (1944—1950), Tojikiston SSR Garm viloyati ijroiya qoʻmitasi (1950—1954), Sotsialistik Mehnat Qahramoni)

Sultan Zamonov
tojikcha: Султан Замонов
Tavalludi 1905-yil
Vafoti 18-iyul 1992-yil
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Partiyasi KPSS
Mukofotlari Lenin ordeni
Mehnat Qizil Bayroq ordeni
Tojikiston SSSR Oliy Kengashi faxriy yorligʻi

Tarjimai holi tahrir

1905-yilning mart oyida Buxoro amirligining Tegirmi qishlogʻi (hozirgi Tojikistonning Nurobod viloyati)da tug'ilgan. Millati — tojik.

Sultan Zamonov yoshligidan Tojikiston sovet tizimida faoliyat yuritgan. 1925-yilda Regar qishloq kengashi raisining kotibi lavozimiga tayinlangan. 1927-yilda shahrinav qishloq kengashi raisining oʻrinbosari boʻlgan.

1932—1942-yillar oraligʻida shahrinav qishloq kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan. 1932-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasiga aʻzo boʻlgan. 3 marta Tojikiston SSSR markaziy kompartiyasi aʻzoligiga, 4 marta Tojikiston SSSR Oliy Kengashi deputatligiga saylangan[1].

1952—1972-yillarda Lenin tumanidagi Chortepa qishloq kengashi raisi boʻlgan.

1940-yillarda Stalinobod viloyati Stalinobod tuman deputatlar kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. 1947-yilda Sultan Zamonov butun viloyat bo‘yicha paxta yig‘im-terimi rejasini 69,7 foizga ortig‘i bilan bajardi[1].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1948-yil 1-martdagi farmoni bilan Zamonov Sultan Sotsialistik Mehnat Qahramoni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan taqdirlangan[2].

1950—1954-yillarda Garm viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi bo‘lib ishlagan.

1954-yildan Stalinobod viloyatidagi Stalin nomidagi kolxozga raislik qilgan.

1995-yili 18-iyulda Dushanbe shahrida vafot etgan. Lening qishlogʻidagi qabristonga dafn etilgan[1].

Mukofotlari tahrir

  • Lenin ordeni (1-mart, 1948—yil);
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (29-dekabr 1946-yil; 17-dekabr 1949-yil; 23-oktyabr 1946-yil; 17-yanvar 1957-yil);
  • Tojikiston SSSR Oliy Kengashi faxriy yorligʻi

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Заманов Султан“. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  2. О присвоении звания Героя Социалистического Труда передовикам сельского хозяйства Таджикской ССР 1 марта 1948 г.