Susan Isaacs (1943-yil 7-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik yozuvchi, esselar muallifi va ssenariynavis Uning debyut romani asosida „Compromising Positions“ filmi suratga olingan.

Yoshlik davri, oila va taʼlim tahrir

U Nyu-Yorkning Bruklin shahrida uy bekasi Helen Asher Isaacs va elektrotexnika muhandisi Morton Isaacs[1] oilasida tugʻilgan. Ingliz tili va ikkinchi darajali iqtisod boʻyicha Queens College oliygohini tamomlagan. Kollejdan soʻng u Seventeen jurnalida katta muharrir, shuningdek, siyosiy nutqlar yozish boʻyicha frilanser boʻlib ishlagan. U yahudiy diniga mansub.

U 1968-yilda advokat Elkan Abramowitzga turmushga chiqdi. 1970-yilda oʻgʻli tugʻilgach, uni parvarishlash uchun ishdan ketdi. Oradan uch yil o‘tib, 1973-yilda qiz farzandini dunyoga keltirdi. 

Bu vaqt ichida u frilanser sifatida ishlab, nutqlar va jurnal maqolalarini yozdi. Hozirda u turmush oʻrtogʻi bilan Long-Island orolida yashaydi[2].

Faoliyati tahrir

Uning birinchi romani (va badiiy adabiyotdagi ilk urinishi) „Compromising Positions“ 1978-yilda nashr etilgan[3]. U Book of the Month Club da asosiy kitob sifatida tanlandi va uning keyingi barcha romanlari singari, Nyu-York Taymsning bestselleri boʻldi. Uning badiiy adabiyoti butun dunyo bo‘ylab o‘ttiz xil tilga tarjima qilingan. U, shuningdek, Brave Dames and Wimpettes: What Women are Really Doing on Page and Screen madaniy tanqidiy asarini ham yozgan.

Kitoblar va ssenariylar yozishdan tashqari, Isaacs The New York Times, Los Angeles Times, The Washington Post va Newsday gazetalari uchun badiiy va badiiy boʻlmagan adabiyotlarga sharhlar yozdi. U National Book Critics Circle aʼzosi hisoblanadi. Isaacs siyosat haqida ham maqolalar yozgan, Newsday uchun 2000 yilgi prezidentlik kampaniyasi haqida yozilgan esselar shular jumlasidandir. U shuningdek, feminizm, kino va AQSh konstitutsiyasining Ilk tuzatilishi masalalari boʻyicha ham sharhlar va maqolalar muallifi hisoblanadi.

1985-yilda Isaacs romani asosida Paramount studiyasida Susan Sarandon va Raul Julia rol oʻynagan „Compromising Positions“ filmi suratga olingan. U 1987-yilda Shelley Long, Gabriel Byrne va Judith Ivey ishtirok etgan Touchstone Pictures kompaniyasining „Hello Again“ komediyasini yozgan va ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashgan. Uning yana ikkita romani suratga olingan. Shining Through, 20th Century Fox studiyasida 1992-yilda taqdim etildi; Filmda Maykl Duglas va Melanie Griffit rol oʻynagan. 2013-yilda Hallmark Channel kanali uchun After All These Years filmi tayyorlangan va unda Vendi Malik rol ijro etgan. Isaacs adabiy jamoada faol. U Shoirlar va Yozuvchilar kengashining raisi boʻlib xizmat qiladi va Mystery Writers of America uyushmasining sobiq prezidenti hisoblanadi. U The Creative Coalition, PEN, International Association of Crime Writers, American Society of Journalists and Authors jamiyati va Adams davra suhbatlarining ham aʼzosi.. U Jewish Theological Seminary seminariyasining ishonchli vakili, shuningdek, Queens College jamgʻarmasining ishonchli vakilidir. Isaacs, shuningdek, Long-Island tashkilotlarida, shu jumladan Walt Whitman Birthplace Association the North Shore Child and Family Guidance Association, and the Nassau County Coalition Against Domestic Violence jamiyatlarida ishlagan.

Asarlari tahrir

  • Compromising Positions (novel) (1978)[4]
  • Close Relations (novel) (1980)
  • Almost Paradise (novel) (1984)
  • Shining Through (novel) (1988)[5]
  • Magic Hour (novel) (1991)
  • After All These Years (novel) (1993)
  • Lily White (novel) (1996)
  • Red, White and Blue (novel) (1998)
  • Brave Dames and Wimpettes: What Women are Really Doing on Page and Screen (nonfiction) (1999)
  • Long Time No See (novel) (2001)
  • Any Place I Hang My Hat (novel) (2004)
  • Past Perfect (novel) (2007)
  • As Husbands Go (novel) (2010)
  • Goldberg Variations (novel) (2012)
  • A Hint of Strangeness (novella) (2015)

Filmografiya tahrir

Havolalar tahrir

  1. „Isaacs, Susan | Encyclopedia.com“. www.encyclopedia.com. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr.
  2. „Susan Isaacs“. www.susanisaacs.com. Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.
  3. Isaacs, Susan. Compromising Positions (en). Times Books, 1978. ISBN 9780812907360. 
  4. Isaacs, Susan. Compromising Positions (en). Times Books, 1978. ISBN 9780812907360. 
  5. Isaacs, Susan. Shining Through. HarperCollins, 2009. ISBN 9780061853098. 2015-yil 5-avgustda qaraldi.