Suzaka (yaponcha: 須坂市 Suzaka-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra, shaharda 19.979 ta xonadonda 50.828 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 334 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 149,6 kvadrat kilometr (57,8 mil²) ni tashkil etadi.

Suzaka

須坂市
Shahar
Skyline of Suzaka
Suzaka
Bayroq
Suzaka
Gerb
36°39′4.0″N 138°18′26.1″E / 36.651111°N 138.307250°E / 36.651111; 138.307250 G OKoordinatalari: 36°39′4.0″N 138°18′26.1″E / 36.651111°N 138.307250°E / 36.651111; 138.307250 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Chubu viloyati
Asos solingan 1889-yil 1-aprel
Maydon 149.67 km2 (57.79 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil mart)
50 828
Zichligi 340 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0268-62-1111
Suzaka xaritada
Suzaka
Suzaka
Suzaka shahar hokimiyati

Geografiyasi tahrir

Suzaka shimoliy Nagano prefekturasi hududida, Matsukava daryosi Chikuma daryosiga qoʻshiladigan qismida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar tahrir

Iqlimi tahrir

Shahar issiq va nam yoz va nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Suzoqda oʻrtacha yillik harorat 10,5 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1189 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 atrofida °C, eng pasti esa yanvarda, −2,2 atrofida °C.[2]

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Suzaka aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolganligi aniqlangan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194034,517—    
195043,407+25.8%
196043,779+0.9%
197045,782+4.6%
198052,543+14.8%
199053,662+2.1%
200054,207+1.0%
201052,168−3.8%
202049,559−5.0%

Tarixi tahrir

Suzaka sobiq Shinano viloyatida joylashgan va Edo davridagi Tokugava syogunati hukmronligida Suzaka domeni uchun qal’a shahri boʻlgan. 1889-yil 11-apreldagi Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotida zamonaviy Suzaka shahri tashkil topgan. Suzuka 1936-yil 1-dekabrda Hitaki qishlogʻini, 1954-yil 11-fevralda Hino va Toyosu qishloqlarini oʻziga qoʻshib oldi. 1954-yil 1-aprelda Suzaka shahar maqomiga koʻtarildi. 1955-yil 1-yanvarda Suzaka qoʻshni Inoue va Takahe qishloqlarini, 1971-yil 30-aprelda esa Azuma qishlogʻi hududini ham qoʻshib oldi.

Hukumat tahrir

Suzakada toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan hokim-kengash boshqaruv shakli mavjud.

Iqtisodiyoti tahrir

Shahar Meiji davrida ipak sanoati bilan mashhur edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin shaharda elektronika sanoati vujudga keldi. Fujitsu korporatsiyasining Suzokada zavodi bunyod etilgan[4]. Shahar olma va uzum yetishtirish bilan ham ajralib turadi, Prefekturaning qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot stansiyasi ham Suzakada joylashgan[5].

Taʼlim tizmi tahrir

Suzakada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi mavjud.

Transporti tahrir

Temir yoʻl tahrir

Magistral yoʻl tahrir

  •  Joshin-etsu tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 403
  • Milliy yoʻnalish 406

Xalqaro munosabatlar tahrir

Mahalliy diqqatga sazovor joylar tahrir

Galereya tahrir

Suzaka shahridagi manzilgohlar

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir