Suzaka (Nagano)
Suzaka (yaponcha: 須坂市 Suzaka-shi ) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart holatiga koʻra, shaharda 19.979 ta xonadonda 50.828 nafar aholi istiqomat qilgan[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 334 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 149,6 kvadrat kilometr (57,8 mil²) ni tashkil etadi.
Suzaka 須坂市 | |
---|---|
Shahar | |
36°39′4.0″N 138°18′26.1″E / 36.651111°N 138.307250°E G OKoordinatalari: 36°39′4.0″N 138°18′26.1″E / 36.651111°N 138.307250°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Mintaqa | Chubu viloyati |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 149.67 km2 (57.79 mi²) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil mart) |
50 828 |
Zichligi | 340 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0268-62-1111 |
|
Geografiyasi tahrir
Suzaka shimoliy Nagano prefekturasi hududida, Matsukava daryosi Chikuma daryosiga qoʻshiladigan qismida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar tahrir
- Nagano prefekturasi
- Gunma prefekturasi
Iqlimi tahrir
Shahar issiq va nam yoz va nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Suzoqda oʻrtacha yillik harorat 10,5 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1189 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 atrofida °C, eng pasti esa yanvarda, −2,2 atrofida °C.[2]
Demografiyasi tahrir
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Suzaka aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolganligi aniqlangan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 34,517 | — |
1950 | 43,407 | +25.8% |
1960 | 43,779 | +0.9% |
1970 | 45,782 | +4.6% |
1980 | 52,543 | +14.8% |
1990 | 53,662 | +2.1% |
2000 | 54,207 | +1.0% |
2010 | 52,168 | −3.8% |
2020 | 49,559 | −5.0% |
Tarixi tahrir
Suzaka sobiq Shinano viloyatida joylashgan va Edo davridagi Tokugava syogunati hukmronligida Suzaka domeni uchun qal’a shahri boʻlgan. 1889-yil 11-apreldagi Meidzi restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotida zamonaviy Suzaka shahri tashkil topgan. Suzuka 1936-yil 1-dekabrda Hitaki qishlogʻini, 1954-yil 11-fevralda Hino va Toyosu qishloqlarini oʻziga qoʻshib oldi. 1954-yil 1-aprelda Suzaka shahar maqomiga koʻtarildi. 1955-yil 1-yanvarda Suzaka qoʻshni Inoue va Takahe qishloqlarini, 1971-yil 30-aprelda esa Azuma qishlogʻi hududini ham qoʻshib oldi.
Hukumat tahrir
Suzakada toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan hokim-kengash boshqaruv shakli mavjud.
Iqtisodiyoti tahrir
Shahar Meiji davrida ipak sanoati bilan mashhur edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin shaharda elektronika sanoati vujudga keldi. Fujitsu korporatsiyasining Suzokada zavodi bunyod etilgan[4]. Shahar olma va uzum yetishtirish bilan ham ajralib turadi, Prefekturaning qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot stansiyasi ham Suzakada joylashgan[5].
Taʼlim tizmi tahrir
Suzakada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda toʻrtta davlat oʻrta maktabi shuningdek Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi mavjud.
Transporti tahrir
Temir yoʻl tahrir
- Nagano elektr temir yoʻli
- Murayama — Hino — Suzaka — Kitasuzaka
Magistral yoʻl tahrir
- Joshin-etsu tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnalish 403
- Milliy yoʻnalish 406
Xalqaro munosabatlar tahrir
- — Siping, Jilin, Xitoy, 1994-yil 12-maydan buyon
Mahalliy diqqatga sazovor joylar tahrir
- Garyu Park, Yaponiyaning 100 ta eng yaxshi Sakura daraxti oʻsuvchi joylaridan biri
- Yonako sharsharasi, Yaponiyaning eng yaxshi 100 sharsharalaridan biri
- Suzaka shahar hayvonot bogʻi
Galereya tahrir
Manbalar tahrir
- ↑ Suzaka City official statistics(yaponcha)
- ↑ Suzaka climate data
- ↑ Suzaka population statistics
- ↑ Fujitsu official home page
- ↑ Campbell, Allen. Japan: An Illustrated Encyclopedia. Kodansha, 1993 — 1487 bet. ISBN 406205938X.
Havolalar tahrir
- Rasmiy sayti (yaponcha)