Tamara Golovey (belaruscha: Тамара Галавей; ruscha: Тамара Ошеровна Головей; 1943-yil, 19-sentyabr, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, OʻzSSR, SSSR) — shaxmat ustasi, xalqaro shaxmat hakami va Belarus Respublikasida xizmat koʻrsstgan murabbiy. Uning AQSH shaxmat federatsiyasi reytingidagi ochkosi 2322.

Tamara Golovey

Tamara Golovey
Toʻliq ismi Tamara Osherovna Golovey
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Belorussiya bayrogʻi Belarus
AQSH bayrogʻi AQSh
Tugʻilishi 19-sentyabr 1943-yil (1943-09-19) (80 yosh)
OʻzSSR, Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Reyting 2322 (AQSh shaxmat federatsiyasi)

Hayoti tahrir

Tamara 1943-yilning 19-sentyabrida Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibidagi Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. U 12 yoshidan Minsk shahrida A.Shagalovich qoʻl ostida shaxmat bilan shugʻullanishni boshlagan. 1965-yilda Belarus politexnika institutini bitirganiga qaramasdan shaxmat faoliyati uchun muxandislikdan voz kechgan. 1970-yildan Minskdagi 11-sonli olimpiya zaxiralari bolalar sport maktabining shaxmat boʻyicha bosh murabbiyi. U uch marta (1965, 1969 va 1976) Belarus ayollar chempionatida gʻolib chiqdi va shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi SSSR chempionatining koʻp karra finalchisi boʻldi. 1989-yildan boshlab u xalqaro hakam sifatida oʻz faoliyatini boshladi[1]. Tamara Golovey koʻplab shaxmat musobaqalarida hakamlik qilgan. 1999-yildan beri Tamara AQShda yashaydi. U Albert Chow (FIDE ustasi, USCF 2294) bilan birga 2000-yil Illinoys ochiq chempionati — Illinois Openda uchinchi oʻrinni va 2001 yilda erkaklar oʻrtasida Illinoys Openda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. U Chikagoda bolalarni musobaqalar uchun muvaffaqiyatli tayyorlamoqda.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Tamara Golovey sobiq Ittifoqning bosh murabbiyi sifatida Grossmeyster, ikki karra olimpiya chempioni, 1991-yilda dunyo boʻyicha reytingda uchinchi oʻrinni egalllagan Boris Gelfand[2][3] va 2008-yilgi AQSH chempioni, xalqaro grossmeyster Yury Shulman kabi kuchli shaxmatchilarga ustozlik qilgan.

 
B.Gelfand birinchi gʻalabani qoʻlga kiritgan paytda [Shaxmat boʻyicha jahon chempionati-2012 (2012 yil may)

Shuningdek:

  • Xalqaro shaxmat ustasi, 1992-yilgi AQSh Olimpiya jamoasi aʼzosi — Yuliya Levitan;
  • Xalqaro usta, 1994-yilgi olimpiadaning bronza medali egasi -Valeri Atlas;
  • Grossmeyster Eric Rosen[4] ham Tamara Goloveyning shogirdlari qatoriga kiradi.

Manbalar tahrir

  1. „FIDE Arbiters / Trainers List - World Chess Federation“. Ratings.fide.com. Qaraldi: 2013-yil 12-may.
  2. „Chess helps kids make right moves“. Chicago Tribune.
  3. „Cheers in Chicago for Gelfand“. The United States Chess Federation. Qaraldi: 2013-yil 18-aprel.
  4. Malench, Karyn „Niles North's Rosen Wins National Chess Championship — Skokie news, photos and events —“. Triblocal.com (2011-yil 5-may). 2013-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-may.