Tanha Ansoriy (tugʻilgan Hasan Ali Ansoriy ; 1914 – 1969) Kashmir shoiri va maktab oʻqituvchisi bo'lgan. bu shoir Urdu,kashmir, arab va fors tillarida ijod qilgan . U birinchi navbatda Jammu va Kashmir hududidagi Dogra hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolonda o'z sheʼri bilan tanilgan edi, biroq uning ijodi 1947 yilgacha eʼtibordan chetda qolgan. Hindiston yarimoroli boʻlingandan soʻng u oʻz asarlari bilan Kashmir ozodlik harakatida faol qatnashgandir.

Tanha Ansari
Fayl:Tanha Ansari.jpg
Born Hassan Ali Ansari

1914 (1914)

Jammu and Kashmir, British India
Died 1969 (aged 54–55)

Jammu and Kashmir, India
Pen name Tanha Ansari
Occupation Poet, Teacher
Language
Education BA
Subject Politics, Education
Years active 1932–1969

1960 yilda u Jammu va Kashmirning eng yaxshi o'qituvchisi uchun Milliy mukofotga sazovor bo'lad. Unga bu mukofatni Hindistonning prezidenti Sarvepalli Radxakrishnan taqdim etdi. U Kehkashaan, Kong Posh, Gulrez, Al-Irshaad, Hamara Adab, Aajkal va Taameer kabi bir nechta gazetalarda ishlagandir. [1]

Erta hayot va ta'lim tahrir

U Hindistonining Kashmir shahrida tug'ilgan.  Uning ota-onasi Laknauga xalqiga tegishli shaxslar bo'lishgan. Maharaja Gulab Singx Kashmir vodiysiga tashrif buyurganida so'ng ular Kashmirga kelishgan.  Uning ota-onasi keyinchalik Magam, Gulmargga ko'chib ketishgan. 1910 yilda uning oilasi Baramullaga ko'chib o'tdi va u yerda umrini o'tkazdi. U san'at o'quvi, keyin esa fors va urdu tillarida ta'lim oldi.  Ta'limni tugatgandan keyin, u Soporedagi maktab o'qituvchisi lavozimida ishlagan va keyinchalik direktor darajasiga ko'tarilgandir. [1]

Karyera tahrir

U adabiy faoliyatini 1932 yilda urdu she’riyati bilan boshlagan. Maktab o'qituvchisi sifatida u o'qituvchilar uchun Taleem-U-Zabaan nomli o'quv qo'llanma yozgan, keyinchalik Jammu va Kashmirdagi ta'lim tizmiga va ta'lim doktori kurslari dasturiga kiritilgandir. Uning "Furoat" nomli kashmir she'riy kitobi mavjud, buning uchun Jammu va Kashmir hukumati uni Milliy mukofot bilan taqdirlagan. Uning urducha she'riy kitoblari bor, jumladan, Furaat bilan birga 1971 va 1972 yillarda ukasi tomonidan nashr etilgan Shabnamiston kabi kitobi bor. [1]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Tanha Ansari: A forgotten legend“. Kashmir Life (2012-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.

Havolalar tahrir