Temurbek Poyonov
Poyonov Temur Olimovich — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi [1], 2021-yil 10-martdan 2023-yil 15-martgacha O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.[2]
Poyonov Temur Olimovich | |
---|---|
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi | |
Mansab davri 2023-yil 15-martdan – Bugungi kungacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Shavkat Zayniddinov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 19-sentyabr 1993-yil |
Millati | Oʻzbek |
Istiqomat joy(lar)i | Toshkent shahri |
Taʼlim |
Qarshi davlat universiteti (2015-yil, Bakalavriat) Qarshi davlat universiteti (2017-yil, Magistratura) |
Kasbi | Psixolog |
Maʼlumoti | Oliy maʼlumotli (Magistr) |
Mukofotlari | Mudofaaga ko‘maklashuvchi „Vatanparvar“ tashkilotining „30 yilligi“ ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining „30 yilligi“ ko‘krak nishoni |
Vebsayti | https://t.me/TemurPoyonovv |
Biografiyasi tahrir
Poyonov Temur 1993-yil 19-sentabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti oliy, Qarshi davlat universitetining bakalavr va magistr darajalarini tamomlagan. 7 yillik mehnat tajribasiga ega. Ta’lim va yoshlar bilan ishlash sohalarida turli darajadagi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Mehnat faoliyatini 2017-yil Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. Shundan so‘ng ta’lim sohasidagi mehnat faoliyati 2019-yilda Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasida mutaxassis sifatida hamda keyinchalik yoshlar tashkiloti tizimida olib borgan. Xususan, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2021-yilda boshqarma boshlig‘i[3] lavozimida ishladi. Temur Poyonov 2021-yilda bo‘lib oʻtgan prezidentlik saylovlarida[4] nomzod O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatidagi ishonchli vakili [5] sifatida faoliyat olib borgan. Shu bilan birga, 2021-yilda Temur Poyonov qisqa muddat Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari vazifasini bajargan[6]. O‘tgan davr mobaynida olib borgan faoliyati hamda ta’lim, yoshlar bilan ishlash va boshqaruv sohasida tajribaga ega yosh rahbar sifatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi yig‘ilishining qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi[7] lavozimiga tayinlangan.
Mehnat faoliyati tahrir
2017 — 2019-yillarda O‘zbekiston IIV huzuridagi Qashqadaryo akademik litseyi katta o‘qituvchisi
2019 — 2020-yillarda Qashqadaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi mutaxassisi
2020 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentiligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentiligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi
2023 — yildan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
Mukofotlari tahrir
Mudofaaga ko‘maklashuvchi „Vatanparvar“ tashkilotining „30 yilligi“ ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining „30 yilligi“ ko‘krak nishoni
Manbalar tahrir
„Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish boʻyicha rejalarini bayon etdi“ (11-oktabr 2021-yil). „Qashqadaryoda ishonchli vakil ishtirokida brifing o‘tkazildi“ (21-sentabr, 2021-yil). „Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i“ (10-mart, 2021-yil). 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel. „O'zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati“ (15-mart, 2023-yil). „Qashqadaryo viloyatida tajriba sifatida vaqtinchalik o'rinbosarlar ish boshladi“ (18-yanvar, 2021-yil). „Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi“ (10-mart, 2021-yil).
- ↑ Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuzilmasi
- ↑ „Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i“. 2023-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
- ↑ Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
- ↑ Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini rivojlantirish boʻyicha rejalarini bayon etdi
- ↑ Qashqadaryoda ishonchli vakil ishtirokida brifing o‘tkazildi
- ↑ Qashqadaryo viloyatida tajriba sifatida vaqtinchalik oʻrinbosarlar ish boshladi
- ↑ Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yangilangan rahbariyati