Ten Man Bok, shuningdek, Ten Manbok (1925 yil, Krounovka, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Primorsk oʻlkasi, Uzoq Sharq Respublikasi[1]) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani „Polyarnaya zvezda“ kolxoz aʼzosi[2]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949)[3].

Ten Man Bok
Tavalludi 1925-yil
Krounovka, Nikolsk-Ussuriysk tumani, Primorsk o'lkasi, Uzoq Sharq Respublikasi
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Partiyasi KPSS
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Ten Man Bok 1925-yilda Nikolsk-Ussuriysk tumani Krounovka qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Deportatsiya davrida u 1937-yilda ota-onasi bilan birga Oʻzbekiston SSRning Toshkent viloyatidagi maxsus posyolkaga surgun qilingan. Oʻrta maktabning oltinchi sinfini tamomlagan.

Ten Man Bok 1949-yilda Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuziga qabul qilingan. Keyinchalik Ten Man Bok Oʻrta Chirchiq tumanidagi „Polyarnaya zvezda“ kolxozida irrigator, sholichilik brigadasi aʼzosi boʻlib ishlagan.

1948-yilda Ten Man Bokning boʻlinmasi 5,1 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 81 sentner sholi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sholidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1948-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1949-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan. Urush yillardagi mehnati uchun „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali topshirilgan. U bir necha bor Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida ishtirok etgan.

Mukofotlari tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar tahrir