Thomas Massa Alsager(1779-1846) ingliz jurnalisti va tanqidchisi, The Times gazetasining menejeri. Shuningdek, u " Cockney school " adabiy-musiqiy toʻgaragining aʼzosi edi.

Thomas Massa Alsagerning 1823-yilgi „the Mirror of the Times“ gravyurasi

Yoshlik tahrir

Alsager Southwark kiyim-kechak sotuvchisining oʻgʻli edi. U kitobxonlar, jumladan Charlz Lamb va Ley Xant bilan tanish edi[1] va qamoqda boʻlganida Leigh Huntga tashrif buyurdi[2]. U ish faoliyatini biznesda va zavod egasi sifatida davom ettirdi[3].

Jurnalistika tahrir

Alsager " Times " gazetasining kichik yetakchi guruhlaridan biriga aylandi, uning asosiy aktsiyadori Jon Uolter, Thomas Barns va Edward Sterling edi[4]. U 1817-yilda musiqa tanqidchisi sifatida gazetaga faoliayt boshlaydi va keyinchalik esa moliyaviy tomonga etibor bera boshladi[5]. Alsager asta-sekin oʻzi ishlayotgan gazetaning aksiya qogʻozini sotib oldi va Uilyam Delan bilan sherik va qoʻshma menejerga aylandi[6]. U bankir Neytan Rotshild bilan yaqin aloqada edi[7].

Koʻp oʻtmay, 1845-yildan keyin, Elzager puffer bilan bogʻliq janjaldan keyin u ishdan ketdi[6]. The Times nashrining U professional musiqa tanqidchisi sifatida yaratgan pozitsiyani James William Davison egalladi[8].

Oʻlimi tahrir

Alsager 1845-yilda xotinidan ayrildi (ularning 13 ta farzandi bor edi). Bu "Railway Mania" davri edi va The Times keng tarqalgan spekulyatsiyaga qarshi pozitsiyani egallagan edi; lekin Alsager va Delane ham toʻgʻridan-toʻgʻri London va Exeter liniyasi targʻib etgan edi, chunki ular aktsiyalari bor edi. Alsagerning qogʻozdan kechishi uchun sabab hisob kitob masalasi bilan bogʻliq edi. Bir yil oʻtgach va „xotinining vafotidan beri u qaygʻugs botib qolgan edi. 6-noyabrga kelib tomogʻi kesilgan holda yotoqda topildi. U jiddiy jarohat oldi, ammo jarroh uni jonlantirishga muvaffaq boʻldi; Biroq, qaytalanish oqibatida 15-noyabrda vafot etdi“[9].

Adabiy aloqalar tahrir

George Chapmanning Homer asari Alsagerga tegishli nusxasi adabiyot tarixiga kirdi. U Charlz Kouden Klarkga qarzga berildi, u uni Jon Keats bilan birga oʻqidi va „Chepmenning On First Looking into Chapmanʼs Homer“ sonetiga olib keldi[3][10]. Surrey instituti qoʻmitasida Alsager William Hazlittni 1818-yilda ingliz shoirlari haqidagi maʼruzalarini oʻqishga koʻndiradi.

Antikvar va tikuvchilik ustasi tahrir

U 1837-yilda London antikvarlar jamiyatining aʼzosi boʻldi[11].

Tikuvchining oʻgʻli Alsager „Clothworkers' Company“ (1836-1837) boshqaruvchisi etib saylandi va tashkilot ishlarini oʻzgartirdi. U Kompaniyaning moliyaviy ishlari xavfli holatga tushib qolganligini aniqladi. Alsagerning zimmasiga haddan tashqari koʻp mas’uliyat yuklanishiga ruxsat berilgach va natijada u chuqur islohot talab qilinishini aniqladi. Alsager Kompaniya maʼmuriyatini qayta koʻrib chiqdi; buxgalteriya hisobining yangi tartiblarini joriy etish va birinchi marta aniq hisobot tuzilmalariga ega doimiy komissiyalar tizimini joriy etishni yoʻlga qoydi. Shunday qilib, u kompaniyani zamonaviy koʻrinishdagi moliyaviy korporatsiyaga aylantirdi va bu unga xayriya ishlarida faolroq ishtirok etgan Viktoriya oltin davriga kirishga imkon berdi. Shuning uchun u kompaniyaning eng muhim bosharuvchisi hisoblanadi[12].

Musiqiy havaskor tahrir

Alsager Edward Holmes, Kowden Clarke, Tomas Attwood, Henry Robertson va Vinsent Novello bilan birga „Cockney Mozartians“dan biri edi[13]. Doʻstlardan yana biri William Ayrton edi[5]. „Queen Square Select Society“ yigʻilishlari uning uyida tashkillanar edi. U 1845-yilda Beethoven kvartet jamiyatiga asos solgan, uni qisman „Queen Square Select Society“ qoʻzgʻatgan. Missa tantanali marosimining birinchi qismida toʻliq Britaniya ijrosi premerasi 1832-yilda Rojdestvo arafasida Elzagerning uyida boʻlib oʻtdi[14].

Oilasi tahrir

Uning qizi Margaret William Ayrtonning oʻgʻli William Scrope Ayrton, uylandi[15].

Manba tahrir

  1. Christina Bashford. The Pursuit of High Culture: John Ella and Chamber Music in Victorian London. Boydell Press, 2007 — 110 bet. ISBN 978-1-84383-298-0. 
  2. Michael Eberle-Sinatra. Leigh Hunt and the London Literary Scene: A Reception History of his Major Works, 1805-1828. Routledge, 9 August 2005 — 31 bet. ISBN 978-0-203-57548-2. 2013-yil 27-fevralda qaraldi. 
  3. 3,0 3,1 Gillen D'Arcy Wood. Romanticism and Music Culture in Britain, 1770-1840: Virtue and Virtuosity. Cambridge University Press, 4 March 2010 — 140 bet. ISBN 978-0-521-11733-3.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Wood" defined multiple times with different content
  4. E. M. Palmegiano. Perceptions of the Press in Nineteenth-Century British Periodicals. Anthem Press, 2012 — 551 bet. ISBN 978-1-84331-756-2. 2013-yil 27-fevralda qaraldi. 
  5. 5,0 5,1 Jennifer Hall-Witt. Fashionable Acts: Opera and Elite Culture in London, 1780-1880. UPNE, 2007 — 48 bet. ISBN 978-1-58465-625-8.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Hall-Witt2007" defined multiple times with different content
  6. 6,0 6,1 Laurel Brake. Dictionary of Nineteenth-century Journalism in Great Britain and Ireland. Academia Press, 2009 — 14 bet. ISBN 978-90-382-1340-8.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "BrakeDemoor2009" defined multiple times with different content
  7. Ferguson, Niall. The World's Banker: The History of the House of Rothschild, 1998 — 306 bet. ISBN 0297815393. 
  8. Michael Kennedy. The Concise Oxford Dictionary of Music. Oxford University Press, 22 April 2004 — 171 bet. ISBN 978-0-19-860884-4. 2013-yil 27-fevralda qaraldi. 
  9. History of The Times 1841-1884: The Tradition Established Printing House Square 1939. p 22
  10. Holden, p. 103.
  11. The Gentleman's Magazine. W. Pickering, 1837 — 524 bet. 
  12. „Timeline of The Clothworkers' Company“. The Clothworkers' Company (2018). Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  13. Gillen D'Arcy Wood. Romanticism and Music Culture in Britain, 1770–1840: Virtue and Virtuosity. Cambridge University Press, 4 March 2010 — 122 bet. ISBN 978-0-521-11733-3. 2013-yil 27-fevralda qaraldi. 
  14. Victoria L. Cooper. The House of Novello: Practice and Policy of a Victorian Music Publisher, 1829–1866. Ashgate Publishing, Ltd., 1 August 2003 — 50 bet. ISBN 978-0-7546-0088-6. 2013-yil 27-fevralda qaraldi. 
  15. s:Men-at-the-Bar/Ayrton, William Scrope